How to write essays


Keywords – kalit so’zlar asosan bizga umumiy mavzu nima haqida ekanligi aqida aytib beradigan so’zlardir Micro-keywords –


Download 1.89 Mb.
bet14/26
Sana17.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1205107
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
Bog'liq
HOW TO WRITE ESSAYS

Keywords – kalit so’zlar asosan bizga umumiy mavzu nima haqida ekanligi
aqida aytib beradigan so’zlardir
Micro-keywords – mikro kalit so’zlar esa imtihonchi sizdan umumiy mavzuning nimasini muhokama qilishingizni aniqlaydi. Mikro kalit so’zlar odatda g’oya beradi yoki umumiy mavzuning kichik bo’limlarini ajratib beradi.
Action words – harakat so’zlari esa imtihonchi bizdan nima qilishimizni xohlashi haqida ma’lumot beradi.
Topic: Global warming is one of the biggest threats humans face in the 21st Century and sea levels are continuing to rise at alarming rates.
Question: What problems are associated with this and what are some possible solutions.
Mavzu: Iqlim isish odamlarning 21-asrdagi eng katta tahdidlaridan biri bo'lib, dengiz sathi xavotirli sur'atlarda ko'tarilishda davom etmoqda.
Savol: Bu qanday muammolar bilan bog’liq va qanday yechimlar mavjud.
Agarda e’tibor berib qarasangiz kalit so’z (keyword) bu yerda “global warming” iqlim isishi va bu bizning umumiy mavzuyimiz. Biz shu haqida insho yozamiz. Lekin global warming (iqlim isishi) ga taalluqli har qanday muammolar haqida yoza olmaymiz. Agar shunday qilsak, biz savolga noto’g’ri javob bergan bo’ladmi.
Shuning uchun endi mikro kalit so’zni (micro-keywords) topishimiz kerak. Bu yerda mikro kalit so’z bu “humans” odamlar va “sea level rise” suv satxi ko’tarilishi. Shunday qilib, global isish mavzusi va u bilan bog'liq har qanday muammolar (masalan, bo'ronlar, ba'zi hayvonlarning yo'q bo'lib ketishi, tuproqning emirilishi) haqida yozishning o'rniga, dengiz sathining ko'tarilishi odamlarga qanday ta'sir qilishi haqida gaplashishimiz kerak. Masalan, agar biz "sayyora" yoki
"hayvonlar" yoki "atmosfera" bilan bog'liq muammolar haqida suhbatlashsak, biz savolga javob bermaymiz.
Oxirgi aniqlashimiz kerak bo’lgan narsa esa harakat so’zlari “action words”dir. Ushbu inshoda harakat so’zlari bu suv satxi ko’tarilishi odamlarga qanday muammolar (problems) va unga yechimlar (solutions) haqida yozishimiz kerak. Ushbu turdagi insholar sizdan sizning suv satxi ko’tarilishining sabablari haqida so’ramayapti. Faqatgina ushbu xolat odamlarga qanday muammolar keltirib chiqarishi va unga yechimlarnigina so’rayapti.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling