How to write essays


Download 1.89 Mb.
bet13/26
Sana17.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1205107
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
Bog'liq
HOW TO WRITE ESSAYS

3. Problem and Solution
Problem and solution (ya’ni muammo va yechim) insho turi imtihonda eng ko’p uchraydigan IELTS Task 2 insholaridan biri. Juda keng tarqalgan bo'lishiga qaramay, ko'plab talabalar ushbu savollarga javob bera olishmayapti. Quyidagi sahifada sizga bosqichma bosqich ushbu inshoning qanday qilib yuqori ball ga yozish haqida ma’lumotlar beriladi.
Eng ko’p uchraydigan muammolar qaysilar?
• Eng ko’p uchraydigan muammolardan biri bu talaba o’z fikrlariga asoslanib bir muammo yoki unga yechimni haqida juda chuqur ma’lumot berishi. Yoki undan ham yomoni son sanoqsiz muammolar va shu muammolarga son sanoqsiz yechimlar berishdir. Imtihonchi sizdan bunday inshoni xohlamaydi Sizdan kutilgan insho javobi o’z ichiga 1 dona yoki 2 dona muammo va unga yechimlar
berishingizni va faqatgina shu haqida esa fikrlaringizni tushintirish (explanation) va na’muna (example) orqali yoritib berishingizni xohlaydi.
• Ikkinchi keng tarqalgan muammo bu – savol bilan bevosita bog’liq bo’lmagan muammolar va yechimlar haqida yozish. Siz savolga javob berayotganda merganga o’xshash bo’lishingiz kerak va umumiy masalar haqida ma’lumot beradigan fikrlardan (general ideas) ko’ra juda aniq g’oyalarni (specific ideas) berishingiz kerak.
• Juda ko’p talabalar muammolar haqida juda ko’p yaxshi g’oyalarni yozishadi ammo ushbu muammolarga yechim topishda muvaffaqiyatsizlikka uchrashadi. Har bir muammoning u bilan bevosita bog'liq bo'lgan yechimi bo'lishi kerak yoki boshqacha qilib aytganda, haqiqiy muammoni hal qilishi kerak.
Va nihoyat, ba'zi talabalar savolga to'g'ri javob beradigan juda yaxshi muammolar va yechimlar haqida o'ylashadi va keyin javoblarini tushuntirishlar va misollar bilan kengaytiradilar, lekin ular (general ideas) ya’ni umumiy va sirtdan javob beradilar. Buning o'rniga siz yozgan maxsus muammoyingizga (specific problem) aniq va (specific solution) maxsus yechim berishingiz kerak
Ushbu muammolarni qaytarmaslik uchun siz yaxshi tayyorgarlik ko’rishingiz zarur va berilgan quyda beriladigan tuzilmalarni yaxshi o’rganib keyin insho yozishni boshlashingiz kerak. Buning uchun eng birinchi qilishingiz kerak bo’lgan ish bu savolni aniq va to’liq tushintishdir. Buning uchun esa siz quyidagi 3 ta narsani o’ylab savolni tahlil qilishingiz zarur
Keywords (kalit so’zlar)
Micro-keywords (mikro kalit so’zlar)
Action words (harakat so’zlari)

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling