Hozirga adabiy jarayon


Download 104.51 Kb.
bet9/13
Sana21.06.2023
Hajmi104.51 Kb.
#1644751
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
adabiyot 1

Soqiynoma (soqiy va noma) — 1) Sharq mumtoz adabiyotida masnaviy shaklidagi lirik janr. Odatda, har bir bandi bevosita soqiyga murojaat sifatida boshlanib, keyin shoirning kechinmalari tasvirlangan. S. rasman marhumlar xotirasiga bagʻishlansada, unda shoirning falsafiy, ijtimoiy va axloqiy qarashlari ham oʻziga xos lirik tarzda aks etgan. Fors tilidagi dastlabki S.lar Nizomiy ("Layli va Majnun" debochasida), Salmon, Hofiz qalamiga mansub. Oʻzbek adabiyoti tarixida bu janrni Alisher Navoiy asoslagan. Navoiyning "Xazoyin ul-maoniy" asaridagi 32 band (458 bayt)dan iborat S.si qoʻyilgan masalalarning kengligi, aniq tarixiy sharoit va voqealar bilan bevosita bogʻlanganligi jihatidan ajralib turadi. Bu asar oʻziga xos izchil uslubga ega. Unda Navoiyning shaxsiy turmushi bilan bogʻliq detallar hamda shoirning oʻz davri va zamondoshlariga bergan bahosi poetik ifodasini topgan. Navoiydan keyin fors, tojik va turkiy tillarda (Fuzuliy, Surush va boshqa tomonidan) bir necha S. yaratilgan; 2) yengil va jonli surʼatdagi mashhur doira usuli (bakabakabumbum); mazkur usulda aytiladigan ashula yoʻllari nomi. Shashmaqomning Savt va Moʻgʻulchalar shoʻbalari tarkibida boʻlib, ular nomi bilan qoʻshib ataladi. Mas, Si Savti Sarvinoz (Buzruk maqomida), S.i Savti Kalon, Si Savti Sabo (Rostda). Dastlab S. janridagi sheʼrlar bilan, keyinchalik vazn jihatdan mos keladigan boshqa gʻazallar bilan ham ijro etilgan. S. yoʻllari raqsga joʻrnavoz sifatida ham aytilgan
Qasida (arab tilidan olingan bo'lib — koʻzlamoq, niyat qilmoq ma'nosini anglatadi) — Sharq mumtoz adabiyotidagi sheʼriy janrlardan biri. Q. biror shaxsning (koʻpincha hukmdorning) madhiga bagʻishlangan. uchun koʻtarinki, tantanavor ohang xos. Hajmi 20 baytdan 200 baytgacha boʻlishi mumkin. Gʻazalga oʻxshab qofiyalanadi (aa, ba, va, ...). Kompozitsiyasi gʻazalga nisbatan murakkab boʻlib, nasib (yoki tashbib) deb ataluvchi lirik muqaddima, gurezgoh (qochish joyi; nasibdan asosiy qism — madhga oʻtish vazifasini bajaruvchi bayt yoki baytlar), madh (maqtov) va mamduh (maqtalayotgan shaxs) haqidagi duo va matlabni oʻz ichiga oluvchi xulosa qismlardan iborat. Q. mazmuniga koʻra, Qasida bahoriya, Q.i ishqiya, Q.i holiya (oʻz ahvolidan shikoyat tarzida), Q.i hamriya (may bilan bogʻliqtasvir), Q.i hazoniya (kuz tasviri), Q.i faxriya (shoirning oʻz isteʼdodidan faxrlanishi), Q.i hajviya tipida boʻlishi mumkin. 11—12-asrlardan uning mazmun va mavzu doirasi kengayib, falsafiy, axloqiy, ijtimoiy Q.lar ham yozilgan (mas, Unsuriy, Anvariy, Xoqoniy Q.lari).
Oʻzbek mumtoz Q.lari arab va fors qasidachiligi zaminida yuzaga kelgan, uning ilk namunalari "Devonu lugʻotit turk"yaa uchraydi. 15-asrda Sakkokiy, Lutfiy, Gadoiy, Amiriylar ijodida Q. oʻzining yuqori bosqichiga koʻtarilgan. Ayniqsa, Sakkokiy yaratgan Q.lar alohida ajralib turadi. Uning devonida 10 ta Q. boʻlib, undan 4 tasi hukmdor va olim Mirzo Ulugʻbekka bagʻishlangan. Alisher Navoiynknt original kompozitsiya va uslubga ega boʻlgan "Hiloliya", katta ijtimoiy mazmun tashuvchi "Tuhfat ulafkor" ("Sittai zaruriya"dan) Q.lari mashhurdir. Keyingi davrda oʻzbek adabiyotida Munis va boshqalar shoirlar ham bu janrga murojaat qilganlar.
13. Lirik turning barcha janrlariga misollar topib, o’zingizga yoqqanini yod oling. Mashqlar daftaringizda tahlil va tadqiqingizning natijalarini qayd qiling.
Lirik turga mansub asarlarni janrlarga ajratishda ham turlicha 
prinsiplar mavjudligini ta'kidlash kеrak. Adabiyotshunoslikda ulardan 
ikkitasi — shakl xususiyatlaridan kеlib chiqib tasniflash hamda 
mazmun xususiyatlaridan kеlib chiqqan holda tasniflash kеngroq 
tarqalgan. Jumladan, o`zbеk mumtoz adabiyotiga nazar soladigan 
bo`lsak, unda shе'rlarning ko`proq shakl xususiyatlaridan kеlib 
chiqilgan holda janrlarga ajratilishiga guvoh bo`lamiz. Masalan: ruboiy 
o`zining to`rt misradan tashkil topishi, hazaj bahrining axrab va axram 
shajaralarida yozilishi, ko`proq a-a-b-a (kamroq a-a-a-a) tarzida 
qofiyalanishi kabi shakl ko`rsatkichlari asosida ajratiladi; tuyuq 
o`zining to`rt misradan tarkib topishi, ramali musaddasi maqsur 
vaznida yozilishi, ko`proq a-a-b-a tarzidagi va tajnisli qofiyaga ega 
bo`lishi bilan xaraktеrlanadi; qit'a ikki yoki undan ortiq baytdan tarkib 
topadi, juft misralari o`zaro qofiyalangani holda toq misralari ochiq 
qoladi, vazn va mazmun jihatlaridan chеklanmaydi, — ko`ramizki, 
bularning barida shakl xususiyatlari janrni bеlgilovchi asos bo`lib 
xizmat qiladi. Bu narsa, ayniqsa, musammatlarda (masnaviy, musallis, 
murabba' va h), mustazod, tarkibband, tarjеband kabi janrlarda yana 
ham yorqinroq ko`rinadi. Bulardan ko`rinadiki, o`zbеk mumtoz 
shе'riyatida o`zining muayyan shakliy bеlgilariga ega bo`lmish turg`un 
shе'riy janrlar yеtakchi o`rin tutgan. Shunisi ham borki, badiiy tafakkur 
taraqqiyotining muayyan bosqichida turg`un janr shakllarining 
yеtakchi mavqе egallashi umuman jahon adabiyotida kuzatiladigan 
hodisadir. Masalan, Yevropa adabiyotidagi sonеt, rondo, rondеl, 
tеrsina, oktava kabi shakllar fikrimizni dalillash uchun yеtarli. Badiiy 
tafakkur rivojining kеyingi bosqichlarida jahon adabiyotida turg`un 
shakllarni inkor qilish, shе'riyatning qat'iy ramkalar doirasidan 
erkinlik tomon intilishi kabi umumiy tеndеnsiya kuzatiladi. Buning 
natijasi o`laroq, lirik asarlarni janrlarga ajratishda endilikda shakl 
xususiyatlaridan, aniqrog`i, tashqi shakldan kеlib chiqish imkoni yo`q. 
Shuningdеk, lirikani janrlarga ajratishda faqat mazmundan kеlib 
chiqish (ishqiy lirika, falsafiy lirika, siyosiy lirika qabilida ajratish) ham 
maqbul emas. Boz ustiga, bu holda janr mohiyatini buzib tushungan 
bo`lib chiqiladi. Zеro, janr ma'lum bir mazmunni shakllantirish va 
ifodalashga xizmat qiluvchi shakl hodisasi ekanligi ayon haqiqatdir. 
Ma'lumki, klassik shе'riyatimizda faol ishlatilgan ayrim turg`un 
janrlar (g`azal, ruboiy, qasida va b.), shuningdеk, xorijiy 
adabiyotlardan o`zlashgan turg`un shе'riy shakllar (sonеt, rondo, 
tanka, xokku va b.) hozirgi shе'riyatda ham oz bo`lsa-da qo`llanadi.

14. Tragediya, komediya, drama janrlarining o’ziga xosliklarini yangi misollar bilan isbotlang.



Download 104.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling