3
SO’Z BOSHI
Hozirgi kun talabiga javob beradigan
mutaxassislar tayyorlash,
ularning
nazariy va amaliy masalalarni chuqur o’zlashtirishga
yordam beradigan
darsliklarni, o’quv qo’llanmalarni o’zbek tilida yozish muhim masalalardan biridir.
Ushbu uslubiy ko’rstma “Komp’yuter injiniringi”, “Telekommunikatsiya
texnologiyalari”, “Axborot xavfsizligi”, “Dasturiy injiniringi”, “Raqamli
iqtisodiyot
(tarmoqlar va sohalar bo’yicha)” , “Pochta texnologiyasi”va “Axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari soxasida kasb ta’limi” yo’nalishlari bo’yicha
bakalavrlar tayyorlash o’quv rejasiga kiritilgan mustaqil ish mavzularni o’z ichiga
qamrab oladi, talabalar mustaqil ishlarni bajarishda foydalanishi mumkin bo’ladi.
4
Mustaqil ta'lim va mustaqil ishlar
Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi o'qituvchining
rahbarligi va nazoratida
muayyan o'quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun bilim va ko'nikmalarini
shakllantirish va rivojlantirishdir.
Talaba mustaqil ishini tashkil etishda quyidagi shakllardan foydalanadi:
⚫ ayrim nazariy mavzularni o'quv adabiyotlari yordamida mustaqil o'zlashtirish;
⚫ berilgan mavzular bo'yicha axborot (referat) tayyorlash;
⚫ nazariy bilimlari amaliyotda qo'llash;
⚫ maket, model va namunalar yaratish;
⚫ilmiy maqola, anjumanga ma'ruza tayyorlash va hokazo.
Mustaqil ta'lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
1. Tovar, mahsulot va xizmatlarga bo'lgan talab funksiyasini qurish.
2. Ko'p o'lchovli regressiya.
Mustaqil o'zlashtiriladigan mavzular bo'yicha talabalar
tomonidan referatlar
tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.