Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta’lim metodlari quyidagilar sanaladi


Download 49.21 Kb.
Sana08.04.2023
Hajmi49.21 Kb.
#1341699
Bog'liq
metem


405-guruh talabasi Khudoyberdiev Lazizjon
Dars o’tish texnologiyasi
Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta’lim metodlari quyidagilar sanaladi: Interfaol metodlar: “Keys-stadi” (yoki “O’quv keyslari”), “Blist-so’rov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Muammoli ta’lim” va boshqalari Interfaol ta’lim strategiyalari.“Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, “Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotastiya”, “Yumaloqlangan qor” va k. Interfaol ta’lim metodlari tarkibidan interfaol ta’lim strategiyalarini ajratishda guruh ishini tashkil qilishga yondashuv ma’lum ma’noda strategikyondashuvga qiyoslanishiga asoslaniladi. Aslida bu strategiyalar ham ko’proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo’lib, ularning orasida boshqa farqlar yo’q. Interfaol grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konsteptual jadval”, “Venn diagrammasi”, “T-jadval”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va b. Interfaol grafik organayzerlarni ajratishda bunday mashg’ulotlarda asosiy fikrlar turli grafik shakllarda yozma ko’rinishda ifodalanishiga asoslaniladi. Aslida bu grafik organayzerlar bilan ishlash ham ko’proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo’lib, ularning orasida boshqa farqlar yo’q. Interfaol ta’lim metodlarini ko’pincha turli shakllardagi o’quv mashg’ulotlari texnologiyalari bilan bir vaqtda qo’llanmokda. Bu metodlarni qo’llash mashg’ulot ishtirokchilarining faolliklarini oshirib, ta’lim samaradorligini yaxshilashga xizmat qiladi.
keyingi
avvallgi

Interfaol metodlar deganda – ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo’lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo’llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta’lim oluvchi markazda bo’lgan yondashuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo’ladi: ta’lim samarasi yuqoriroqbo’lgan o’qish-o’rganish; ta’lim oluvchining yuqori darajada rag’batlantirilishi; ilgari orttirilgan bilimlarning ham e’tiborga olinishi; ta’lim jarayoni ta’lim oluvchining maqsad va extiyojlariga muvofiqlashtirilishi; ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo’llab quvvatlanishi; amalda bajarish orqali o’rganilishi; ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.


1
2

1. Шахс - кадрлар тайѐрлаш тизимининг бош субъекти ва объекти, таълим сохасидаги хизматларнинг истеъмолчиси ва уларни амалга оширувчиси. Давлат ва жамият - таълим ва кадрлар тайѐрлаш тизимининг фаолиятини тартибга солиш ва назорат қилишни амалга оширувчи кадрлар тайѐрлаш ва уларни қабул қилиб олишнинг кафили. Узлуксиз таълим - малакали рақобатбардош кадрлар тайѐрлашнинг асоси бўлиб, таълимни барча турларини давлат таълим стандартларини, кадрлар тайѐрлаш тизими тузилмаси ва унинг фаолият кўрсатиш муҳитини ўз ичига олади. Фан - юқори малакали мутахассислар тайѐрловчи ва улардан фойдаланувчи илғор педагогик ва ахборот теҳнологияларини ишлаб чиқувчи Ишлаб чиқариш - кадрларга бўлган эхтиѐжни, шунингдек уларнинг тайѐргарлик сифати ва савиясига нисбатан қўйиладиган талабларни белгиловчи асосий буюртмачи, кадрлар тайѐрлаш тизимини молия ва моддий техника жиҳатдан таъминлаш жараѐнининг қатнашчиси. Олий таълим оғрта махсус, касб-ҳунар таълими негизига асосланади ҳамда икки (бакалавриат ва магистратура) босқичга эга. Бакалавриат - таълим ѐғналиши буйича фундаментал ва амалий билим берадиган, оғқиш муддати камидатурт йил боғлган таянч олий таълимдир. Бакалаврлик дастури тугалланганидан соғнг битирувчиларга давлат аттестацияси якунларига биноан касб буйича «бакалавр» даражаси берилади ва давлат томонидан тасдикланган намунадаги, касб-ҳунар фаолияти билан шуғулланиш ҳукуқини берадиган диплом топширилади. Магистратура - аниқ мутахассислик буйича фундаментал ва амалий билим берадиган, бакалавриат негизида камида икки йил давом этадиган олий таълимдир.


Download 49.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling