Hozirgi kunda iqtisodiyotda avtomobil yo`llarining o`rni juda katta. Hozirgi zamonaviy dunyoda avtomobil yo`llarining ahamiyati tobora oshib bormoqda


YO’L LOYIHALANIYOTGAN VILOYAT IQLIMI


Download 160.29 Kb.
bet2/6
Sana11.02.2023
Hajmi160.29 Kb.
#1188869
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-toifa

YO’L LOYIHALANIYOTGAN VILOYAT IQLIMI
Jizzax viloyati tabiiy iqlim sharoiti
Jizzax viloyati tog’ oldi va tog’li hududlari okeanlardan uzoqda va materikning ichki qismida joylashganligidan iqlimi, asosan qurg’oqchil, kontinental iqlimdir. Tog’li o’lkalarda tekislikka xos iqlimining ba’zi bir xususiyatlari: masalan kontinentallik, yillik va sutkalik harorat tafovutning kattaligi, havoning quruqligi, quyosh nurining o’tkirligi va uning ta’siri kabi xususiyatlari ахамиятлидир. Tog’li joylarda bo’ladigan bu iqlimiy xususiyatlar yumshoqroq bo’lishiga joyning balandligi va rel’efning xilma-xilligi sababdir. 1500-2000m dan baland tog’lar Atlantika okeani va O’rta dengiz tomonidan keladigan nam shamollarni to’sib, ko’proq tog’li va tog’ oldi hududlarga yog’inlar yog’ishiga sabab bo’ladi. Tog’larda harorat joining balandligiga qarab o’zgaradi. Bu tog’lar janubiy-geografik kengliklarda bo’lishiga qaramay, yillik o’rtacha harorat 3200m dan yuqorida manfiy holatda bo’ladi. Tog’ etaklarida ya’ni 400-500m balandliklarda iyul oyining o’rtacha harorati +25+270S dan tushmaydi. Umuman tog’li hududlarda yoz salqin va juda qisqa bo’ladi. Tog’larda iyunning o’rtacha harorati +4 +100c dan tushmaydi. Bu hududga qarashli tog’ tizmalari sharqdan-g’arbga 1000km dan oshiq masofaga cho’zilganidan va baland tog’li o’lka bo’lganligidan iqlimi ham turli xil. Lekin Turon tipli quruq iqlim hududning hamma joyida kuzatiladi. Adirlar, tog’ oldi rayonlarida, tog’ botiqlari va vodiylarning iqlimi issiq va quruq, qishi iliq Bu yerlarga yog’adigan yillik yog’in miqdori 100-200 mm dan oshmaydi. Eng ko’p yog’in Morguzar tog’lariga (350-400mm) yog’adi. . Tog’larga ko’pincha yog’in qor tarzida yog’adi, qorning qalinligi 30-50 sm ga, ba’zi bir joylarda bir metrgacha yetadi. Baland tog’larda yildan-yilga to’plangan qordan firn qorlari, muzliklarni hosil bo’ladi. Harorat ham hamma yerda bir xil emas. Iyulning o’rtacha harorati tog’ oldi tekisliklarida +24 +460S, yuqori qismlarida +10 +150S ga yetadi. Eng yuqori harorat +20 +460S gacha boradi. Yanvar harorati ancha past, o’rtacha 1-20S ga teng. Eng past harorat -23 -240S, tog’ hududlarida ya’ni Morguzar va Chumqortog’ tog’lari etaklarida qattiq sovuq bo’ladi.
BERILGAN YO’L TOIFASI UCHUN TEXNIK ME’YORLAR
Hisobiy tezlik deb ob-havo va avtomobil shinasining yo’l qatnov qismi yuzasi bilan tishlashishning odatdagi sharoitlarida yo’l elementlarining ruxsat etilgan chegaraviy qiymatlari mos keladigan eng noqulay bo’laklarida yakka avtomobillarning mumkin bo’lgan eng katta (xavfsiz va barqarorlik sharti bo’yicha) harakat tezligiga aytiladi.
Avtomobil shinasining qatnov qismi yuzasi bilan me’yoriy tishlashish sharti quruq yoki namlangan toza yuza uchun 60 km/soat tezlikdagi bo’ylama tishlashish koeffitsiyenti quruq holat uchun 0,6 namlangan holat uchun kamida 0,45 - havo harorati 20 0S bo’lgan yilning yoz faslida, nisbiy namlik 50 %, metereologik ko’rinish masofasi 500 m dan ortiq, atmosfera bosimi 760 mm simob ustuniga teng bo’lgan shamolsiz sharoitda ta’minlanadi.
Reja va bo’ylama kesim elementlarini loyihalash uchun hisobiy harakat tezliklarini yo’lning toifasiga ko’ra qabul qilish kerak. Past-baland va tog’li joyning murakkab qismlari uchun belgilangan hisobiy tezliklarni loyihalanayotgan yo’lning har bir aniq qismi uchun mahalliy sharoitni hisobga olgan tegishli texnik-iqtisodiy asoslash natijasida qabul qilishga ruxsat etiladi.
2-jadval

Yo’lning toifaasi

Hisobiy tezlik, km/soat

Asosiylari

Joyning murakkab qismlarida ruxsat etilganlari:

past-baland

tog’li

IV

80

60

40

Shaharga kirish yo’llarini loyihalashda avtomobil yo’li trassasi bo’yida qimmatli kapital inshootlar, o’rmon massivlari, shuningdek qimmatbaho qishloq xo’jalik ekinlari va bog’lar mavjud bo’lgan hollarda, tegishli texnik-iqtisodiy asoslarga muvofiq past-baland joylar uchun belgilangan hisobiy tezliklarni qabul qilishga ruxsat etiladi. Avtomobil yo’llarining yonma-yon qismlarida hisobiy tezliklar 20 % dan ko’pga farq qilmasligi kerak.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari yo’l to’shamasining mustahkamligini hisoblashda avtomobilning eng ko’p yuklangan yakka o’qidagi og’irlik III-V toifa uchun 100 kN (10 ts) qabul qilinadi. Yo’l to’shamasi mustahkamligining ko’rsatilgan og’irliklarga hisoblash yo’l to’shamasi tuzilmasini belgilash va hisoblash bo’yicha qo’llanmalarga binoan
amalga oshiriladi.

Download 160.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling