Hozirgi kunda iqtisodiyotda avtomobil yo`llarining o`rni juda katta. Hozirgi zamonaviy dunyoda avtomobil yo`llarining ahamiyati tobora oshib bormoqda


Yo’lning texnik ko’rsatkichlarini belgilash jadvali


Download 160.29 Kb.
bet3/6
Sana11.02.2023
Hajmi160.29 Kb.
#1188869
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-toifa

Yo’lning texnik ko’rsatkichlarini belgilash jadvali
3-jadval

t/r

Ko’rsatkichlar

Qiymati

1

Kelajakdagi harakat jadalligi, 20 yildan so’ng, dona/sut

800

2

Yo’lning toifasi

IV

3

Hisobiy tezlik, km/s

80

4

Harakat tasmasining soni, ta

2

5

Harakat tasmasining kengligi, m

3.0

6

Qatnov qismining kengligi, m

6

7

Yo’l poyining kengligi, m

10

8

Yo’l yoqasining kengligi, m

2.0

9

Yo’l yoqasidagi chetki tasmaning kengligi, m

0.5

10

Yo’l yoqasining mustahkamlangan qismining eng kichik kengligi, m

1.0

11

Ajratuvchi tasmaning kengligi, m

-

12

Ajratuvchi tasmaning mustahkamlangan qismining kengligi, m

-

13

Tavsiya qilingan bo’ylama nishablik, ‰

30 ‰

14

Eng katta bo’ylama nishablik ‰

60 ‰

15

Eng kichik hisobiy ko’rish masofasi, m
a) to’xtash uchun to’siq oldida, m
b) qarama-qarshi avtomobiluchun, m

450
150
250

16

Vertikal egrilarning radiuslari:
a) qabariq egrida: tavsiya qilingan,m
eng kichigi,m
b) botiq egrida: tavsiya qilingan,m
eng kichigi,m

70000
5000
8000
2000

17

Rejadagi egrining radiuslari: m
tavsiya qilingan,m
eng kichigi,m



3000
300

18

Ko’ndalang nishablik, ‰

15 ‰

19

Yo’l qoplamasining turi

asfaltbeton



XARITADA BERILGAN A va B PUNKTLAR ORALIG’IDA TRASSA VARIANTLARINI O’TKAZIB, ULARNI TEXNIK – IQTISODIY TOMONDAN SOLISHTIRISH
Yo`lni eng qisqa yo`nalish (berilgan nuqtalarni tutashtiruvchi to`g`ri chiziq) bo`yicha qurishga yer sirti relefi (tog`lar, jarliklar), suvli to’siqlar (botqoqliklar, ko`l, daryolar), qo`riqxonalar va boshqa to`siqlar to`sqinlik qiladi. Shuningdek, yo`llarni qishloq xo`jaligi uchun qimmatli xisoblangan unumdor yerlardan o`tkazish ham maqsadga muvofiq emas. Ayni bir vaqtda yo`llarni berilgan oraliq punktlar va shaharlarga tutash, daryolarni, temir yo`llarni va avtomobil yo`llarini kesib o`tish qulay bo`lgan joylar orqali o`tkazish zarurati tug`iladi. Burilish burchaklari hisobiga yo`lning uzayishi rivojlanish koeffitsiyenti yoki uzayish koeffitsiyenti bilan tavsiflanadi, ular yo`l haqiqiy uzunligining yo`l boshlang`ich va oxirgi punktlarini birlashtiruvchi, keyinchalik «havo yo`li» deb ataluvchi to`g`ri chiziqqa nisbatiga teng.
Yo`lning joydagi geometrik chizig`ining xolati uning trassasi deb ataladi. Trassa to`siqlarni aylanib o`tishda, tepaliklarga ko`tarilishlarda va pastlikliklarga tushishida planda va bo`ylama profilda o`z yo`nalishini o`zgartirgani sababli u fazoviy chiziq xisoblanadi.
Trassaning gorizontal tekislikka proyeksiyasining kichraytirilgan masshtabdagi grafik tasviri trassa plani deb ataladi.
Yo`lning joydagi vaziyatini belgilaganda uning yo`nalishi dastavval siniq chiziq tarzida o`tkaziladi. Elementlari (aylanma egri va to`g`ri chiziqlar) keskin o`zgaradigan va ancha uzun bo`lgan bunday trassa tepalik sharoitlarda ravon shaklli bo`lmaydi, «notekis» tuyuladi, bu esa yo`l poyini ko`tarishda ish xajmlarining ortishiga olib keladi.
Umumiy trassa variantlariga xos ma’lumotlarga etibor qaratganda, birinchi trassa variantlarining umumiy uzunligi 3525 m bo’ldi. Bunda yo’l o’q chizig’ini singan burilish uchlarida avtomobillarni xavfsiz harakatini taminlash maqsadida goorizontal egrilarni loyihaladim.
Buning uchun dastlab: Berilgan yo’l toifasi uchun texnik me’yorlarga tayangan holda xar ikkala variantlar uchun to’g’rilar va egrilar jadvalini hisobladim va to’ldirip chiqdim. Eng oddiy holda yo`lni to`g`ri chiziqlar va aylana yoylari bilan o`tkazishda trassa yo`nalishining xar qaysi o`zgarishi burilish burchagi bilan belgilanadi, bu burchak trassa yo`nalishining davomi bilan uning yangi yo`nalishi orasida o`lchanadi. Burilish burchaklari yo`l bo`ylab - trassa yo`nalishi bo`ylab ketma-ket nomerlab chiqiladi. Loyihalangan trassani joyda aniq belgilab chiqish mumkin bo`lsin uchun trassani dunyo tomonlariga nisbatan mo`ljallanadi. Buning uchun trassa to`g`ri chiziqli uchastkalarining rumblari xisoblab chiqiladi.
Egrilarning quyidagi geometrik elementlari bor : α - burchak, R - radius, K- egri chiziq, T - tangens, B - bissektrisa. Egri chiziq elementlari o`zaro oddiy trigonometrik munosabatlar bilan bog`langan;

Egrining boshini piketlash, PK EB= PK BU– T
Egrining ohirini piketlash, PK EO = PK EB +E
Tekshirish: PK EO = PK BU + T-D
S1=BU, S2=TO-BU+D, P1=EB, P2=TO-EO

Egri chiziqlarning uzunligini aniqlash va ularni joylarda rejalash qulay bo`lishi uchun maxsus jadvallardan foydalaniladi.



  • Birinchi variant uchun hisob – kitob natijalariga ko’ra :

  • α=9000’

  • R = 2500 m;

  • T = 196.75 m;

  • E = 392.7 m;

  • B =7.72 m;

  • D = 0.8 m

ga teng bo’ldi.

  • EB =15+03 km ga ;

  • EO = 18+95.9 km ga to’g’ri keldi.

Burchak uchlari orasidagi masofa:

  • S1 = 1700 m ga;

  • S2 =1825.8 m ga;

  • ∑ 3525.8 m ga teng bo’ldi.

To’g’rining uzunligi:

  • P1 = 1503.2 m ga;

  • P2 =1629.06 m ga;

  • ∑ 3132.26 m ga tengligini aniqlab, rubm yo’nalishi va azimut yo’nalishlarini aniqlab topdim , Hisob – kitoblari tugatilgan trassa o’q chizig’iga oid belgi va ma’lumotlarni xaritaga tushirdim.

Ikkinchi variant trassa o’q chizig’im uchun ham huddi yuqoridagidek ishlarni amalga oshirdim:
Umumiy trassa variantlariga xos ma’lumotlarga etibor qaratganda, ikkinchi trassa variantlarining umumiy uzunligi 3875 m bo’ldi. Bunda yo’l o’q chizig’ini singan burilish uchlarida avtomobillarni xavfsiz harakatini taminlash maqsadida goorizontal egrilarni loyihaladim. Buning uchun dastlab:

Egrining boshini piketlash, PK EB= PK BU– T
Egrining ohirini piketlash, PK EO = PK EB +E
Tekshirish: PK EO = PK BU + T-D
S1=BU, S2=TO-BU+D, P1=EB, P2=TO-EO

  • Berilgan yo’l toifasi uchun texnik me’yorlarga tayangan holda ikkinchi variant uchun ham to’g’rilar va egrilar jadvaini hisobladim va to’ldirip chiqdim.

  • Ikkinchi variant uchun hisob – kitob natijalariga ko’ra:

  • =230

  • R = 2500m;

  • T = 508.62 m;

  • E = 1003.5 m;

  • B = 51.22m

  • D = 13.62 m;

ga teng bo’ldi.

  • EB = 12+41.3 km ga;

  • EO = 22+44.9 km ga to’g’ri keldi.

Burchak uchlari orasidagi masofa:

  • S1 = 1750 m ga ;

  • S2 = 2188.6 m ga ;

∑3888.6m ga teng bo’ldi.
To’g’rining uzunligi:

  • P1 = 1241.3 m ga ;

  • P2 = 1630.05 m ga;

  • ∑ 2871.4 m ga tengligini aniqlab , rubm yo’nalishi va azimut yo’nalishlarini aniqlab topdim, Hisob – kitoblari tugatilgan trassa o’q chizig’iga oid belgi va ma’lumotlarni xaritaga tushirdim.

Birinchi va ikkinchi trassa variantlarimning o’zaro solishtirishim natijasida ikkinchi varyantda 3 ta afzalroq qulayliklar bo’lgani sababli qolgan barcha trassani o’tkazishdagi ishlarimni ikkinchi variant uchun olib borishga qaror qildim.

Download 160.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling