Hozirgi kunda iqtisodiyotda avtomobil yo`llarining o`rni juda katta. Hozirgi zamonaviy dunyoda avtomobil yo`llarining ahamiyati tobora oshib bormoqda


Download 160.29 Kb.
bet1/6
Sana11.02.2023
Hajmi160.29 Kb.
#1188869
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-toifa


KIRISH
Hozirgi kunda iqtisodiyotda avtomobil yo`llarining o`rni juda katta. Hozirgi zamonaviy dunyoda avtomobil yo`llarining ahamiyati tobora oshib bormoqda. Chunki avtomobil yo`llari davlat uchun o`zaro aloqa kanallari hisoblanadi. Yani bir davlat boshqasi bilan o`zaro savdo sotiq qilishda asosan avtomobil yo`llaridan foydalanadi. Dunyo bo`yicha transport turlari ichida avtomobil transporti eng qulay transport turi hisoblanadi. Avtomobil yo`llari davlat iqtisodiyotining qon tomiridir. Qachonki ushbu yo`llar jahon standartlariga javob bera olsa bu yo`llardan o`tuvchi avtomobil texnikalari o`z manziliga eson omon yetib oladi. Buning uchun esa yo`llarni qurishda aniq hisob kitob qilish zarur. Biz ushbu kurs ishi daomida avtomobil yo`lini loyihalashni eng quyi bosqichidan boshlab o`rganish imkoniyatiga ega bo`ldik. Avtomobil yoʻli – avtomobil transporti qatnoviga moʻljallangan muhandislik inshooti. Avtomobil yoʻli ahamiyatiga qarab xalqaro, davlat (respublika) va mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllarga boʻlinadi. Xalqaro Avtomobil yoʻli ga mamlakatlarni, yirik sanoat markazlarini bogʻlovchi va katta iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kiradi. Davlat ahamiyatidagi yoʻllarga yirik sanoat markazlari, muhim temir yoʻl stansiyalari, pristanlar va boshqa bilan bogʻlovchi yoʻllar, mahalliy yoʻllarga esa viloyat, qishloq, jamoa xoʻjaliklari yoʻllari kiradi. Avtomobil yoʻli muhandislik inshooti sifatida quyidagi elementlardan tashkil topadi: yer poyi koʻtarmasi; yoʻl toʻshamasi; qatnov qismi; yoʻl cheti; sun’iy va chiziqli inshootlar va boshqa jihozlar.
Avtomobil yo’llari mamlakatimiz iqtisodiy hayotida muhim o’rin tutadi. Bugungi kunda aynan Respublika bo’yicha avtomobil yo’llari orqali tashilayotgan yuklarning 85%i, yo’lovchilarning 96%i, tashkil etadi. O'zbekistondagi jami avtomobil yo'llar tarmog'i 209,5 ming kmdan ziyod uzunlikda bo'lib, undan 42.869 kilometri–umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari, 141.883 kilometr-ichki xo'jaliklararo, qishloq, shahar va ovullarning avtomobil yo'llari, 24.745 km esa - idoraviy inspektorlik yo'llari tarmog'i hisoblanadi. Mustaqillik yillarida avtomobil yo’llarini holatini yaxshilash bo’yicha bir necha qarorlar qabul qilindi.

  • P.Q. 299-sonli qaror 2006-yil 3-mart “Yo’l qurilishi hajmi va sifati ustidan nazoratni kuchaytirish chora – tadbirlari“ to’g’risida.

  • P.Q. 499-sonli qaror “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo’llarini loyihalashtirish , qurish va rekonsyruksiya qilish tartibini takomillashtirish chora – tadbirlari to’g’risida “ 2006-yil 25-oktyabr.

  • P.Q. 511-sonli qaror “O’ZAVTOYO’L davlat aksiyadorlik kompaniyasi tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish chora tadbirlari“ 2006-yil 14-noyabr.

  • P.Q. 14.46-sonli qaror “2011-2015-yillarda infra tuzilmani transport va komunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish to’g’risida”. 2010-yil.

  • P.Q. 23.13-sonli qaror “2015-2019-yillarda muhandis komunikatsiya va yo’l transport infra tuzilmasini rivojlantirish va moderinizatsiya qilish dasturi to’g’risida”. 2015-yil 6-mart.

  • P.F. 49.54-sonli farmon “Yo’l ho’jaligini boshqarish, tizimni yanada takomillashtirish to’g’risida”. 2017-yil 15-fevral.

  • P.F. 32.62-qaror “Avtomobil yo’llarini ko’kalamzorlashtirish va arxitektura lonshaft konstruksiyalash bo’yicha”. 2017-yil 17-sentyabr.

Respublikamizda avtomobil yo’llarining tarmog’i rivojlanishiga juda kata e’tibor berilmoqda. Jumladan, Vazirlar mahkamasining va Prezident qarorlari bularga misol bo’la oladi. Avtomobil yo’llarini rivojlantirish haqidagi qonun 2007-yil 29-iyunda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan va 2007-yil 24-avgustda Senat tomonidan maqullandi va MDH davlatlari ichida birinchi bo’lib O’zbekiston Respublikasida “Avtomobil yo’llari” to’g’risidagi qonun ishlab chiqildi. Bu qonun 6 bob, 30 banddan iborat. Ushbu qonunning asosiy mohiyati avtomobil yo’llarini loyihalash, qurish va qayta qurish va ekspluatatsiya qilishni tartibga solishdan iborat. Ushbu qonunning asosiy maqsadi “Avtomobil yo’llarini qurish, rekonstruksiya qilish, tamirlash, saqlash va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu qonun bo’yicha Respublikamizdagi 209.5 km uzunlikdagi avtomobil yo’llari quyidagicha tasniflanadi.

  • Umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo’llari.

  • Shaharlar va boshqa aholi punktlari.

  • Xo’jalik avtomobil yo’llari.

Ushbu foydalanuvdagi avtomobil yo’llari toifasi ularning belgilangan vazifasi va istiqboldagi harakat jadalligiga qarab ShNQ 2.05.02-07, 2-jadvalga asosan qabul qilinadi.
1-jadval

Yo’lning iqtisodiy ahamiyati

Yo’l toifasi

Hisobiy harakat jadalligi, keltirilgan dona/sut

Xalqaro ahamiyatga molik yo’llar


Davlat ahamiyatiga molik yo’llar



Ia
(avtomagistral)
Ib
(Tezkor yo’l)
II
III

14000 dan ortiq

14000 dan ortiq


6000-14000


2000-6000

Mahalliy ahamiyatga molik yo’llar

IV
V

200-2000
200gacha




  • Xalqaro ahamiyatdagi yo’llar – 3626km;

  • Davlat ahamiyatidagi yo’llar – 17033km;

  • Mahalliy ahamiyatdagi yo’llar – 21995km,

ni tashkil etmoqda.

  • I - toifa - 2370km.

  • II - toifa - 5363km.

  • III - toifa – 7800km.

  • IV – toifa – 19333km.

  • V – toifa – 7788, ni tashkil qiladi.




Download 160.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling