Hozirgi oʻzbek adabiy tili 6-7-amaliy mashgʻulot


Download 13.74 Kb.
Sana01.11.2023
Hajmi13.74 Kb.
#1737019
Bog'liq
6 7 amaliy Mohi


Hozirgi oʻzbek adabiy tili
6-7-amaliy mashgʻulot

3- amaliy ish. Berilgan gaplarning grammatik kategoriyalarini (modallik, shaxs-son, zamon, tasdiq-inkor) aniqlang. Gapda predikativlikni shakllantirgan vositalarga namunada koʻrsatilgani kabi tavsif bering.
1. Rost, hozircha bolalar bardam. (xabar, 3-shaxs ko'plik, hozirgi zamon, tasdiq)
2. Uyga qaytar Matmusa, Shirin boʻlib kechqurun (xabar, 3-shaxs birlik,kelasi zamon, tasdiq)
3. Onang rozi – olam rozi. (xabar, 3-shaxs birlik, tasdiq)
4. U yana donishmandning huzuriga boribdi. (xabar, 3-shaxs birlik, o’tganzamon, tasdiq)
5. Har nima boʻlmasin, kengashni oʻtkazishga qaror qildi. (xabar, 3-shaxs birlik, o’tganzamon, tasdiq)
6. Bir damdan soʻng Me’morning toqati toq boʻla boshladi. (xabar, 3-shaxs birlik, o’tganzamon, tasdiq)
7. Odatda, buvalar, buvilar bolalarga ertak aytishadi. (xabar, 3-shaxs ko’plik, tasdiq)
8. Ahvol qanchalik ogʻir ekanini aytib oʻtirishning hojati yoʻq. (xabar,3-shaxs birlik, inkor)

4- amaliy ish. Ikkilаmchi оt prеdikаt ishtirоk etgаn 6 tа gаp tuzing. Tuzgan gaplaringizning shаkliy vа mаzmuniy tuzilishini namunada koʻrsatilgani kabi tavsiflang.
Ushbu gаplar shаklаn sоddа, mаzmunаn murаkkаb tuzilishgа egа. Chunki gаplardа 2 tаdan ахbоrоt ifоdаlаngаn. Ajratilgan soʻz shakllari gapda ikkilаmchi оt prеdikаt mavqeyida kelgan.
Xulqingning go'zalligi senga husn bag'ishlaydi.
Ota-ona boyligi senga tatimaydi.
Oilam xotirjamligi mening baxtim.
Davronning mehri bahor buluti.
Bahodir akaning qahri toshlarni ham parchalarkan.
Hulkar opaning sabri bizga ibrat.

5- amaliy ish. “Тoʻrtinchisi оrtiqchа” usulidаn fоydаlаnib, “Gаp” mаvzusi boʻyichа bilimingizni tеkshiring. Bеrilgаn 4 tеrmindаn mavzu doirasiga koʻra oʻzaro muvofiq keladigan uchtаsini ajratib, uchburchаk kataklаrigа jоylаshtirаsiz, toʻrtinchisi esa оrtiqchа.

1-variant. 1. Dаrаk gap, soʻrоq gap, undov gap, buyruq gap. 2. Mоdаllik, prеdikаtivlik, intonatsion tugallik, tobelik. 3. Аjrаtilgаn boʻlаk, undalma, uyushiq boʻlak, ikkinchi darajali boʻlak.

2-variant. 1. Undalma, aniqlovchi, toʻldiruvchi, izohlovchi. 2. Kirish soʻz, kiritma gap, kirish boʻlak, kirish birikma. 3. Uyushiq kesim, uyushgan gap, uyushiq ega, uyushiq aniqlovchi.

3-variant. 1. Undalma, kirish soʻz, modal soʻz, uyushiq boʻlak. 2. Shaxs-son kategoriyasi, modallik kategoriyasi, zamon kategoriyasi, boʻlishli-boʻlishsizlik kategoriyasi. 3. Shaxssiz gap, shaxsi umumlashgan gap, soʻz-gap, shaxsi ma’lum gap.
Download 13.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling