kelinmoqda. Ushbu mavzu yuzasidan ilk qarashlar o`zbek tilshunosligida XX asr
12
3) yasov belgilari:
- la, -mak, -m, -ag’on, -tir, -ma
1
;
Yuqoridagi tasnifda qo`shimcha bilan yuklama va ko`makchilar umumiy
vazifa asosida bir guruhga kiritilgan. Turlovchi va so`z yasovchilar o`zaro
farqlanmagan, shuningdek, ularning mohiyati nazarda tutilmagan.
A.Fitratning “Sarf” va “Nahv” darsliklaridan keyin “so`z shakli” tushunchasi
o`zbek tilshunosligida ommalasha boshladi. Bu davrda so`z shakli deganda asosga
qo`shilib kelgan har qanday qo`shimcha tushunilib, kitoblar ham, kitobcha ham,
yozdik ham, yozdi ham so`zning shakli deb talqin qilinardi. Garchi tugal bo`lmasa-
da, Fitratning mazkur asarlari o`zbek tilshunosligida morfologiyaning ilk tavsifi
sifatida tarixiy ahamiyatini yo`qotmaydi, chunki u keyingi davrda – 1943-yilgacha
bo`lgan boshqa darsliklarda berilgan nazariy talqinlar uchun qimmatli manba
vazifasini bajargan.
40-yillarda S.Barxudarov darsligi namunasi asosida yangi turdagi o`zbek tili
darsliklari yaratila boshlangach, tilshunosligimizga F.F.Fortunatov asos solgan
Moskva lingvistik maktabining forma yasash, so`z o`zgartirish, forma yasovchi
Do'stlaringiz bilan baham: