Hozirgi o’zbek adabiy tili guruh: 101 bajardi: abduqodirova. N


Download 105.6 Kb.
bet2/5
Sana16.06.2023
Hajmi105.6 Kb.
#1502699
1   2   3   4   5
Bog'liq
HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI .A.N

SO`Z YASALISHI

  • SO`Z YASALISHI
  • So`z yasalishi tilshunoslikning mustaqil sohasi bo`lib, u yangi so`z yasash, so`z yasash usullari va vositalarini o`rganadi. Tildagi so`zlarning yasash tarkibini hamda ularning yasalish usullarini aniqlash bu bo`limning asosiy vazifasidir.
  • So`z yasash usullari. Qanday usul bilan bo`lsa-da, yangi so`z hosil qilishga so`z yasalishi deyiladi. Hozirgi o`zbek tilida so`z yasalishining turli usullari mavjud. Ular quyidagilar:
  • Semantik usul.
  • Foneti usul.
  • Abbreviatsiya usuli.
  • Affiksatsiya usuli.
  • Kopozitsiya usuli.
  • Semantik usul.
  • Ko`p ma`noli so`zning ma`nolari orasidagi aloqaning o`zgarishi, uzilishi natijasida omonim so`zlarning yuzaga kelishi haqida ma`lumotga egamiz. So`z ma`nosining o`zgarishi asosida yangi so`z xosil qilish semantik usul bilan so`z yasalishi deyiladi. Bu usul bilan yasalgan so`zlar turli so`z turkumlariga tegishli bo`lib qolishi mumkin. Masalan, ko`k(<>, ot) – ko`k (<>, sifat), ko`ch (<>, fel) – ko`ch (<>, ot), yupqa (<>, sifat) – yupqa (<
  • >, ot), kun (<>, ot) – kun (<>, hisob so`zi o`rnida) kabi.

Fonetik usul.

Fonetik usul.

So`zning fonetik tarkibida bo`ladigan o`zgarish natijasida yangi so`zning hosil bo`lishiga fonetik usulda so`z yasalishi deyiladi. Masalan, tun va kun, ko`z va ko`r, aka va uka kabi.

So`z urg`usining o`zgarishi ham fonetik usulda boshqa so`z turkumiga oid so`zlarning hosil bo`lishiga olib keladi. Yangi so`z yasaladi. Masalan, yangi (sifat) - yangi (payt ravishi), suzma (ot) – suzma (fe`l), qushcha (ot) – qushcha (qushdek, qush kabi-ravish), akademik (sifat) – akademik (ot) kabi

Abbreviatsiya usuli.

To`g`ri ma`noli turg`un so`z birikmalarining qisqartma so`zlarga aylanishiga abbreviatsiya usulida so`z yasalishi deyiladi. Bu usulda qisqartma otlar yasaladi. Hozirgi o`zbek tiliga abbreviatsiya usulida so`z yasalishi rus tilidan kirgan . Masalan, O`zMU – O`zbekiston Milliy Universiteti, BMT – Birlashgan Millatlar Tashkiloti, ATS –Avtomatik telefon stansiyasi kabi.


Download 105.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling