Mavzu: So`z yasalishi
Download 107.76 Kb.
|
Ona tili mustaqil ish
Mavzu:So`z yasalishi So`z yasalishi tilshunoslikning mustaqil sohalaridan biri bo`lib, u yangi ma’noli so`z yasalishi, so`z yasash usullari, so`z yasalishiga aloqador bo`lgan hodisalarni o`rganadi. «So`z yasalishi» atamasi ikki xil hodisaga nisbatan qo`llanadi: 1) tilshunoslikning so`z yasalishi bilan bog`liq hodisalarni tekshiruvchi bo`limini; 2) umuman so`z yasalishi, so`z hosil qilinishini bildiradi. Nutqda so`zlar tub yoki yasama shaklda qo`llanadi. YAsovchi affikslarga yoki yasovchi qismlarga ega bo`lmagan so`z tub so`z deyiladi: inson, xalq, millat, suv, non, havo, yaxshi, ziyrak, xursand, besh, o`n, yigirma, biz hamma, ba’zi, bormoq, kelmoq, o`qimoq, sekin, birga, hozir va h.k. Tilda mavjud usullar bilan yangi hosil qilingan so`z yasama so`z deb yuritiladi. Masalan, tinchlik, bog`bon, gulzor, jonlan, birlash, ko`kar, sezgir, zavqli so`zlari o`zakka yasovchi affikslar (-lik, -bon, -zor, -lan, -lash, -ar, -gir, -li) qo`shish usuli bilan yasalgan bo`lsa, Dilorom, Durbek, Oqtepa, bilakuzuk, sohibjamol, sofdil, erksevar so`zlari so`zlarni yoki so`z shakllarini qo`shish, biriktirish usuli bilan hosil qilingan. Tilda mavjud bo`lgan so`z (yoki so`zlar, so`z shakllar negizida ma’lum usullar bilan yangi ma’nodagi so`zlarni hosil qilish so`z yasalishi deyiladi. O`zbek tilida so`z yasalishining affiksatsiya, kompozitsiya, fonetik, semantik, abbreviatsiya kabi usullari bo`lib, shulardan affiksatsiya va kompozitsiya usullari asosiy va etakchi usullar hisoblanadi. Affiksatsiya usuli. So`zga so`z yasovchi affiks qo`shish bilan yangi so`z hosil qilish affiksatsiya usuli deyiladi. Masalan, Paxtakor, sinfdosh, quvonch, do`stlik, ochiq, tirishqoq, serjilo, ilmiy, o`yla, kengay, shodlan, tinchi, tasodifan, oqilona, ko`pincha, ertalab va boshqalar. So`z yasovchi affikslar o`zbek tilida asosan suffiks tarzida qo`llanib, so`z o`zagidan so`ng qo`shilib keladi. Ba’zan bunday affikslar o`zak oldiga prefiks tarzida qo`shilib, yangi ma’nodagi so`z yasashi mumkin. Masalan, serhosil, serunum, badavlat, ba’mani, beminnat, beg`araz, noo`rin, nohaq, badfe’l, badbashara va h.k. O`zbek tilida so`z yasovchi affikslardan tashqari, o`z xususiyatlari bilan affikslarga juda yaqin turadigan xona, noma, obod kabi so`z-affikslar ham mavjud. Bunday so`z-affikslar tilshunoslikda affiksoidlar deb ham yuritiladi: ishxona, mehmonxona, oshxona, qabulxona, tabriknoma, Xalqobod, YAngiobod. Kompozitsiya usuli. Birdan ortiq mustaqil ma’noli so`z yoki so`z shakllarining qo`shiluvi, birikuvi orqali yangi so`z yasash kompozitsiya usuli bilan so`z yasash deyiladi. Bu usul bilan qo`shma, ayrim juft so`zlar hosil qilinadi. Masalan, guldasta, gultojixo`roz, asalari, tomorqa, xushfe’l, rahmdil, olijanob, hozirjavob, havo rang, e’lon qilmoq, rad etmoq, olib kelmoq, olib chiqmoq, har gall, yonma-yon, zo`r-bazo`r, ketma-ket va b. Fonetik usul. Bu usulga ko`ra, so`zda fonetik o`zgarish yuz berib, yangi so`z hosil qilinadi. CHunonchi, so`z urg`usining o`rnini almashtirish natijasida boshqa-boshqa so`z turkumiga doir so`zlar hosil bo`lishi mumkin: yo’zma – fe’l, yozma’ – sifat, su’zma – fe’l, suzma’ – ot, fi’zik – ot, fizi’k – sifat, akade’mik – ot, akademi’k – sifat va b. Semantik usul. Bu usulga binoan, so`z ma’nosida o`zgarish ro`y berib, ma’nosi boshqa-boshqa, shaklan o`xshash yangi so`z hosil bo`ladi: kun – sutkaning yorug` qismi, kun - quyosh, planeta; ko`k – osmon, ko`k - havorangga o`xshash rang, bir – son, birga, birdan, birda – ravish. Fonetik va semantik usul hozirgi o`zbek tili nuqtai nazaridan nofaol tarixiy so`z yasash usullari deb qaraladi. Abbreviatsiya usuli. Bu usulga ko`ra, bir butun holda qo`llanadigan to`g`ri ma’noli turg`un birikmalarning qismlari har xil yo`l bilan qisqartirilib so`z hosil qilinadi. Bu usul rus tilidan kirgan bo`lib, qisqartma otlar shu usulda yasaladi: BMT – Birlashgan Millatlar Tashkiloti, MDH - Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi, ATS – Avtomatik telefon stantsiyasi, ToshMI – Toshkent Meditsina instituti, filfak – filologiya fakulteti, akademlitsey – akademik litsey, peduniversitet – pedagogika universiteti va b. 1-Mashq MAVZU BO’YICHA TEST SAVOLLARI: 1. So‘z yasovchilarni aniqlang. A) –gay, -gina, -li, -man, -siz B) –tir, -gach, -lar, -ib, -zor C) –la, -li, -lan, -dan, - paz D) –dor, be-, -zor, -cha, -xo‘r 2. Shakl yasovchilarni toping. A) –k, -kor, -chi, -ib B) –siz, -ing, -sa, -guncha C) –cha, -roq, -ib, -niki D) –dan,-ning, -a 3. Berilgan so‘z ma’noli qismlarga to‘g‘ri ajratilgan qatorni aniqlang. A) muvo-fiq-lashtirilgan. B) muvofiq-lashtir-il-gan. C) mu-vo-fiq-lash-tir-il-gan. D) muvofiq-la-sh-tir-il-gan. 4. Qaysi qatorda –siz qo‘shimchasi so‘z o‘zgartiruvchi vazifasida qo‘llangan? A) Odobni odobsizdan o‘rgan. B) U bu gapdan xabarsiz edi. C) Siz bebaho insonsiz. D) Suvsiz hayot bo‘lmaydi. 5. Qarsak so‘zining o‘zagini toping. A) qars B) qarsa C) qar D) qarsak 6. -boy, -cha, -l, -sh, -ish qo‘shimchalari vazifasiga ko‘ra qanday qo‘shimchalar? A) so‘z yasovchi B) shakl hosil qiluvchi C) so‘z o‘zgartuvchi D) takroriy 7. –gach(-kach, -qach), -a(-y), -guncha (-kuncha) qo‘shimchalari vazifasiga ko‘ra qanday qo‘shimcha? A) so‘z yasovchi B) so‘z o‘zgartiruvchi C) so‘z shakli yasovchi D) sodda qo‘shimcha 8. Muomalalarimizni so‘zidagi yasovchi qo‘shimchalarni toping. A) –lar B) –imiz C) –ni D) bu so‘z tub so‘z bo‘lib, yasovchi qo‘shimchasi yo‘q. 2-mashq Matndan yasama so’zlarni toping va yasalish asosini ayting. Egnida qizg‘ish, nim qora aralash matodan tikilgan gimnastyorka, galife shim. Oyog‘ida chiroyli qora xrom etik. Boshida qorako‘l telpak. Belida kamar, kamarida chiroyli jajji xanjar, to‘pponcha, qora qosh, xushmo‘ylov, xushqomat, behad ko‘rkam Haydarbek qurolli ikki yigiti o‘rtasida, qo‘li ko‘ksida, bosh egib, o‘ng va so‘lida zanjirband odamlar orasiga kirib borardi. Uning jozibador chehrasidagi alomat shodlikmi, qayg‘umi, payqab bo‘lmas edi. Bizni Orzi amaki boshlab boryapti. Uning so‘ziga qaraganda, qishloqning kun chiqish tarafida bir oshnasi bor emish. Mehmondo‘stlikda unga yetadigani yo‘qmish. Doim eshigi, dasturxoni ochiqmish. Yuz-ko‘zi kulib turadigan, ko‘ngli ochiq odammish. Uning suhbatida bo‘lgan kishi zerikmasmish, bamaъni gaplaridan kishining miyasi to‘larmish. Tunashga joy bemalol, ot-eshaklarga ham yemish mo‘l emish. Xayriyat, eson-omon qo‘nadigan yerga borib yetdik. (N. Safarov.) 3-mashq O‘qing, tub va yasama so‘zlarni aniqlang. Yasama so‘zlarning qaysi usul bilan yasalganini ayting. Avval morfologik, keyin sintaktik usul bilan yasalgan so‘zlarni yozing. Ular bog‘dan chiqib, yolg‘izoyoq yo‘ldan paxta maydonlari bo‘ylab yurisharkan, qiz «Dam olish uyi»ning ahamiyati, o‘zga qurilishlar, ishlar haqida so‘zladi. Suhbat, muomala minut sayin ko‘proq bevosita va do‘stona bo‘la boshladi. O‘ktamga gidrostantsiya dastlab oddiy va yengil qurilish kabi ko‘rindi. O‘ktam balandga ko‘tarilib, quvur bo‘yicha katta surъat va kuch bilan otilayotgan suvni tomosha qildi, keyin stantsiyaning mustahkam g‘ishtin binosiga kirib agregatni va asboblarni ko‘rdi. (Oybek.) 4 Affiksatsiya Kompozitsiya -mashq Yasalih usullariga misollar yozing Fonetik Semantik 5-mashq Skanvorddan 7 ta yasama so’zni toping.
Download 107.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling