Mavzu: So`z yasalishi


Download 107.76 Kb.
bet5/5
Sana19.06.2023
Hajmi107.76 Kb.
#1608518
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ona tili mustaqil ish

5-mashq. Gaplarni o‘qing. Sifatlarni topib, to‘liq tahlil qilishga harakat qiling.
1. Kuz. Daraxtlarning mo‘rt bo‘lib qolgan tillarang yaproqlari sal shamol bilan duv to‘kiladi (Shuhrat). 2. Bu uyga o‘ttiz-qirq chamaliq qizlar yig‘ilganlar, yig‘ilishdan maqsad: qizlar o‘zlarining eng latif, eng go‘zal bir a’zolarini bu kun xotinliq olamiga uzatmoqchidirlar (A.Qodiriy). 3. Mеn esa Munavvarni eslayvеraman. Hayrat bilan tikilib turgan ko‘zlarini, katta-katta, qop-qora ko‘zlarini... (O‘.Hoshimov). 4. Yoshliq ko‘zlar ariq bo‘yig‘a tushib, nozik oyoqlar ariq bo‘yi tomong‘a harakatlandilar (A.Qodiriy). 5. O‘tindan boshqaga yaramas gohi, Mеvali daraxtning mеvasiz shoxi (A.Jomiy). 6. Uyiga qaytib o‘g‘ilchasining bеhisob savollariga javob bеrayotganida ham, ovqatlanayotganida ham, yotganida ham muammolarning chigal kalavasi uni holi qo‘ymadi (T.Malik).
6-mashq.Mavzu yuzasidan savollarga javob toping.

  1. Sifat so’z turkumi deb nimaga aytiladi?

  2. Sifat qaysi so’roqlarga javob bo’ladi?

  3. Sifat qaysi gap bolagi vazifasida keladi?

  4. Tub sifatga misol keltiring

  5. Yasam sifat deb nimaga aytiladi?

  6. Sifatning tuzilishiga ko’ra turlari?

  7. Qo’shma sifat deb ninaga aytiladi?

  8. Sifat+ot qolipi asosida qo’shma sifat hosil qiling

  9. Ot+sevar qolipi asosida qo’shma sifat hosil qiling

  10. Juft sifatga misol keltiring

  11. Sifatning nechta daraja shakli bor?

  12. Barcha darajalar uchun asos vazifasini bajaruvchi daraja shakli?

  13. –roq qo’shimchasi yordamida hosil bo’luvchi daraja shakli?

  14. “Bus-butun” sifati qaysi daraja shaklini hosil qilgan?

  15. Belgining me’yordan biroz kam ekanligini bildiruvchi daraja shakli?

  16. Belgining me’yordan kam ekanligini bildiruvchi daraja shakli?

  17. Belgining me’yordan ortiq ekanligini bildiruvchi daraja shakli?

  18. “Devoriy” so’zini darajalab bering.

  19. “Chiroyli” so’zining orttirma darajadagi shakli?

  20. Daraja ko’rsatkichiga ega bo’lmagan sifatlar?

  21. Rang-tus bildiruvchi ayrim sifatlardan -(i)mtir, (i)sh qo’shimchalari yordamida qaysi daraja shakli hosil qilinadi?

  22. Ozaytirma daraja shakli qaysi so’zlar yordamida hosil qilinadi?

  23. Sifat yasovchi qo’shimchalarni ayting

  24. O’xshashlik belgisini bildiruvchi sifat yasovchi qo’shimcha?

  25. “Ilmiy” tub sifatmi yoki yasama?

  26. Sifat bog’lanib kelgan ot gapda ba’zan tushib qoladi, natijada … fikrni davom ettiring.

  27. Sifatning nechta ma’no guruhi bor?

  28. “Kuzgi” so’zi sifatning qaysi ma’no guruhiga misol bo’la oladi?

7-mashq Krossvordni yeching va savollardan sifat turkumiga oid soz’arni toping.
Savollari:
1.Gerb,bayroq, madhiya –(ramz)
2. Amir Temurning sevimli nabirasi (Ulug`bek)
3. Qadimiy shahar (Samarqand)
4. Vatan (Yurt)
5. Atrofimizdagi olam (Tabiat)
6. Ser…….. O`zbekiston (Quyosh)
7. ……… Temur (Amir)
8. Kitob ……. bulog`i (bilim)

Download 107.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling