Affiksatsiya usuli. So`z yasovchi qo`shimchalar yordamida yangi so`z hosil qilinishiga affiksatsiya usulida so`z yasalishi deyiladi. Yasovchi asosga affikslar qo`shish bilan ot, sifat, fe`l, ravish turkumiga oid so`zlar yasaladi. Masalan, suvchi, arrakash – ot; aqlli, suvsiz – sifat; ishla, otlan – fe`l; yashirin, yangicha - ravish kabi. Kompozitsiya usuli. Ikki va undan ortiq so`zlarning qo`shilishi orqali yangi so`z yasalishiga kompozitsiya usulida so`z yasalishi deyiladi. Bu usulda qo`shma so`zlar yasaladi. Masalan, ko`zoynak, guldasta, oshqozon, gultojixo`roz kabi. - SO`Z YASALISH TARKIBI
- So`z yasalishida affiksatsiya hamda kompozitsiya usullari eng faol usullardan sanaladi.
- So`z yasalish tarkibi so`zning morfemik tarkibi bilan uzviy bog`liqdir.Unda har bir o`zak hamda affiksal morfemaning yangi so`z yasovchilik xususiyati aniqlanadi. Bu so`z yasalish tarkibining o`ziga xos jihatlari mavjud ekanligini ko`rsatadi.
- So`z yasalish tarkibi ikki qismdan iborat bo`ladi. Birinchisi, yasovchi asos, ikkinchisi yasovchi vosita (qo`shimcha). Yasalish tarkibini esa yasalma (yasalma so`z) deyiladi. Masalan, o`tloq, gulla, mevali, tezlik yasamalarda o`t, gul, meva, tez qismlar yasovchi asos bo`lib, -loq, -la, -li, -lik qismlari esa yasovchi vosita bo`lib kelgan.
- So`z turkumida so`z yasalish.
- Bir turkumdan boshqa turkumga oid so`z yasah hodisasi tilda leksikaning boyish manbalaridan biri hisoblanadi.
- So`z yasalish hodisasi turkumlarga ko`ra tahlil qilinganda, uning turlicha ko`rinishlarini aniqlash mumkin. Ularning quyidagicha guruhlarga ajratsa bo`ladi:
- Ma`lum turkumga oid so`zdan affiksatsiya hamda kompozitsiya usullari yordamida boshqa turkumga oid yangi so`z yasaladi;
- Ma`lum turkumga oid so`zdan affiksatsiya hamda kompozitsiya usullari yordamida shu turkumning o`ziga oid yangi so`z yasaladi;
- Ma`lum turkumga oid so`zlar boshqa turkumdagi so`zlardan hamda shu turkumning o`ziga oid so`zlardan yasalmaydi;
- Yangi so`z boshqa turkumga oid so`zlardan hamda shu turkumning o`ziga oid so`zlardan yasalmaydi, balki u to`g`ri ma`noli turg`un birikmalar asosida yasaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |