Hozirgi o’zbek adabiy tili guruh: 101 bajardi: abduqodirova. N


Download 105.6 Kb.
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi105.6 Kb.
#1502699
1   2   3   4   5
Bog'liq
HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI .A.N

Affiksatsiya usuli.

So`z yasovchi qo`shimchalar yordamida yangi so`z hosil qilinishiga affiksatsiya usulida so`z yasalishi deyiladi. Yasovchi asosga affikslar qo`shish bilan ot, sifat, fe`l, ravish turkumiga oid so`zlar yasaladi. Masalan, suvchi, arrakash – ot; aqlli, suvsiz – sifat; ishla, otlan – fe`l; yashirin, yangicha - ravish kabi.

Kompozitsiya usuli.

Ikki va undan ortiq so`zlarning qo`shilishi orqali yangi so`z yasalishiga kompozitsiya usulida so`z yasalishi deyiladi. Bu usulda qo`shma so`zlar yasaladi. Masalan, ko`zoynak, guldasta, oshqozon, gultojixo`roz kabi.

SO`Z YASALISH TARKIBI

  • SO`Z YASALISH TARKIBI
  • So`z yasalishida affiksatsiya hamda kompozitsiya usullari eng faol usullardan sanaladi.
  • So`z yasalish tarkibi so`zning morfemik tarkibi bilan uzviy bog`liqdir.Unda har bir o`zak hamda affiksal morfemaning yangi so`z yasovchilik xususiyati aniqlanadi. Bu so`z yasalish tarkibining o`ziga xos jihatlari mavjud ekanligini ko`rsatadi.
  • So`z yasalish tarkibi ikki qismdan iborat bo`ladi. Birinchisi, yasovchi asos, ikkinchisi yasovchi vosita (qo`shimcha). Yasalish tarkibini esa yasalma (yasalma so`z) deyiladi. Masalan, o`tloq, gulla, mevali, tezlik yasamalarda o`t, gul, meva, tez qismlar yasovchi asos bo`lib, -loq, -la, -li, -lik qismlari esa yasovchi vosita bo`lib kelgan.
  • So`z turkumida so`z yasalish.
  • Bir turkumdan boshqa turkumga oid so`z yasah hodisasi tilda leksikaning boyish manbalaridan biri hisoblanadi.
  • So`z yasalish hodisasi turkumlarga ko`ra tahlil qilinganda, uning turlicha ko`rinishlarini aniqlash mumkin. Ularning quyidagicha guruhlarga ajratsa bo`ladi:
  • Ma`lum turkumga oid so`zdan affiksatsiya hamda kompozitsiya usullari yordamida boshqa turkumga oid yangi so`z yasaladi;
  • Ma`lum turkumga oid so`zdan affiksatsiya hamda kompozitsiya usullari yordamida shu turkumning o`ziga oid yangi so`z yasaladi;
  • Ma`lum turkumga oid so`zlar boshqa turkumdagi so`zlardan hamda shu turkumning o`ziga oid so`zlardan yasalmaydi;
  • Yangi so`z boshqa turkumga oid so`zlardan hamda shu turkumning o`ziga oid so`zlardan yasalmaydi, balki u to`g`ri ma`noli turg`un birikmalar asosida yasaladi.

Download 105.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling