6. Muallif gapi kesimining qaysi fe’llar bilan ifodalanishi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
A) dedi, ko‘rdi, yog‘di, ko‘kardi; B) so‘radi, ishondi, chiqdi, chiqdi, ketdi; C) uyg‘ondi, yuvindi, tarandi, gapirdi; D) aytdi, gapirdi, so‘zladi, buyurdi;
7. Qaysi qatordagi ko‘chirma va muallif gaplarida tinish belgilari noto‘g‘ri ishlatilgan?
A) G‘ofir: «Jamila, tur o‘rningdan», - dedi. B) G‘ofir dedi: «Jamila, tur o‘rningdan». C) «Jamila, - dedi G‘ofir, - tur o‘rningdan». D) Barcha javoblarda tinish belgilari to‘g‘ri ishlatilgan.
8.- Chumchuqdan qo‘rqqan tariq ekmaydi,- dedi Xalil ota odatdagicha kulimsirab. Ushbu misolda nega ko‘chirma gapdan keyin vergul va tire qo‘yilgan?
A) ko‘chirma gap darak gap bo‘lgani uchun B) ko‘chirma gap so‘roq gap bo‘lgani uchun C) ko‘chirma gap his-hayajon gap bo‘lgani uchun D) ko‘chirma gap muallif (avtor) gapidan oldin kelgani uchun
9. Birinchi qismida nuqta (.) belgisi bo‘lgan ko‘chirma gap o‘rtasida kelgan muallif gapidan so‘ng qanday tinish belgisi qo‘yiladi?
A) vergul B) nuqta C) ko‘p nuqta D) tire
10. Birinchi qismida ko‘p nuqta (...) belgisi bo‘lgan ko‘chirma gap o‘rtasida kelgan muallif gapidan so‘ng qanday tinish belgisi qo‘yiladi?
A) vergul B) nuqta C) ko‘p nuqta D) tire
11. Birinchi qismida undov belgisi (!) bo‘lgan ko‘chirma gap o‘rtasida kelgan muallif gapidan so‘ng qanday tinish belgisi qo‘yiladi?
A) vergul B) nuqta C) ko‘p nuqta D) tire
12. Qanday holatda ko‘chirma gapdan keyin qo‘shtirnoq yopilgach, vergul hamda tire qo‘yiladi?
A) ko‘chirma gap muallif gapidan oldin kelsa B) ko‘chirma gap muallif gapining ichida kelsa C) ko‘chirma gap darak gap bo‘lsa D) ko‘chirma gap undov gap bo‘lsa
13. “Paxtadan mo‘l hosil olsak... – dedi u – Mana engil mashinaning kaliti desa-ya” Ushbu ko‘chirma gapdagi muallif gapidan so‘ng qanday tinish belgisi qo‘yilishi kerak?
A) tire to‘g‘ri qo‘yilgan B) nuqta C) vergul
D) nuqtali vergul
Do'stlaringiz bilan baham: |