Hozirgi o’zbek adabiy tili (Sintksis) fanidan YaB uchun test.


Usluban noto‘g‘ri qo‘llangan so‘z qaysi qatorda berilgan?


Download 354 Kb.
bet42/49
Sana18.06.2023
Hajmi354 Kb.
#1556303
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   49
Bog'liq
portal.guldu.uz-Hozirgi o`zbek adabiy tili

10. Usluban noto‘g‘ri qo‘llangan so‘z qaysi qatorda berilgan?
A) paxta gulladi B) shohona kiyim
C) salohiyatli olim D) bahorni sevasan
11. Qaysi gapda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato mavjud?
A) Ahmad Husayn raso ochiqqan ekan. B) Yomon yo‘ldosh yov bo‘lur, rovon yo‘lda g‘ov bo‘lur. C) Paxta terimi tez suratlar bilan bormoqda. D) Berilgan gaplarning barchasida so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato mavjud.
12. Uslubiy jihatdan betaraf so‘zlar qatorini belgilang.
A) ajoyib, ajib, dushvor, udum B) iltijo, chehra, zurriyod, hozirlamoq C) aytmoq, odat, odam, yorug‘ D) mushkul, bashara, sohib, xasta
13. Boringlar va borlaring so‘zlari o‘rtasida qanday uslubiy farq bor?
A) uslubiy farq yo‘q B) birinchisi kitobiy uslubga xos C) birinchisi hurmatni, ikkinchisi sof ko‘plikni bildiradi D)birinchisi mo‘‘tadil (neytral) so‘z, ikkinchisi salbiy bo‘yoqqa ega.
14. Quyidagi gaplarning qaysi birida ko‘plik qo‘shimchasi ortiqcha?
A) Bizning gilmoyalar Rossiya gilmoyalaridan tarkib jihatidan farq qiladilar. B) Tantanaga o‘zlari ham tashrif buyuribdilar-da. C) Dam olish kunlari dadamlar bizni sirkka yoki hayvonot bog‘iga olib boradilar. D) Olimlarimiz paxtaning tezpishar va kasallikka chidamli navlarini yaratish ustida ish olib bormoqdalar.
15. Quyidagi gaplarning qaysi birida so‘z qo‘llash bilan bog‘liq nuqson bor?
A) Dasht havosi musaffo, engil shabada kishiga orom beradi. B) U shahar tashqarisida bahaybatli dala hovli ham qurgan ekan. C) Qoratepa guzari dam olish kunlari juda gavjum edi.
D) Cho‘l qovunlari pishay-pishay deb turibdi.
16. Qaysi qatordagi gap uslubiy jihatdan xato qo‘llangan?
A) Do‘stlikni ardoqlash kerak. B) Bolalik uy bozor, bolasiz uy mozor. C) Eshik ochiq bo‘lsa ham, so‘rab kir. D) Yoqimli shamol esa boshladi.
17. Quyidagi gapda yo‘l qo‘yilgan uslubiy xatoning qaysi nisbatga aloqadorligini belgilang. Bu maqolada Turkiston xalqlarining birligi aniq misollar bilan asoslanib berilgan.
A) Aniqlik nisbat bilan o‘zlik nisbatiga B) o‘zlik nisbati bilan birgalik nisbatiga C) Aniqlik nisbat bilan majhul nisbatga D) majhul nisbat bilan o‘zlik nisbatiga

Download 354 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling