32. Lo‘ppi-lo‘ppi ko‘saklar ochiq ko‘zga tashlanadi. Ushbu gap uslubiy jihatdan adabiy me’yorga javob beradimi?
A) Gapda so‘z tartibi bilan bog‘liq xato bor. B) Gapda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato bor C) Gapda qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq xato bor. D) Berilgan gapda adabiy me’yor buzilmagan
33. Uyushiq bo‘laklar qatori xato tuzilgan gaplarni aniqlang.
A) Undan sal nordon va shirin hid kelardi. B) Iste’dodli adib ko‘p asarlar va dramalar yozdi. C) Gullagan vodiy va kishnagan toying go‘zal. D) A,B,C
34. Qaratqich o‘rnida sifatlovchi aniqlovchi qo‘llangan qatorni toping.
A) Onalar poyiga tiz cho‘k o‘shal on .... B) Bahordagi sarin ellar yosh qalblarda chuqur iz qoldiradi. C) Kishiga barcha narsani hayot o‘rgatadi. D) Ko‘ngilni ochish uchun tez-tez lola sayliga chiqib turish lozim.
35. Tovushlar va qo‘shimchalar, lug‘atning hamma qatlami nimada ma’lum bir ma’no ifodalaydi?
A) so‘z birikmasida B) jumlada C) matnda D) A, B.
36. So‘z va grammatik shaklning gap ichida ravshanlashadigan tomonlarini aniqlang.
A) ma’nosi B) A,C. C) ijtimoiy qimmati D) aloqasi
ISHORAT QOIDALARI (PUNKTUATSIYA)
1. Jismimiz yo‘qolur G’G’ o‘chmas nomimiz, (G‘. G‘ulom). Ushbu gapdagi G’G’ belgisi o‘rnida qaysi tinish belgisi qo‘yiladi?
A) vergul B) undov belgisi C) ko‘p nuqta D) tire
2. Undashni kuchaytirish uchun undalmadan oldin kelgan undov so‘zdan so‘ng qanday tinish belgisi qo‘yiladi?
A) undov belgisi B) vergul C) chiziqcha D) nuqtali vergul
3. Gapda tinish belgilari o‘z o‘rnida ishlatilmasa, gap qaysi jihatdan o‘zgarishi mumkin?
A) faqat mazmuni o‘zgaradi B) faqat sintaktik tuzilishi o‘zgaradi C) mazmuni va sintaktik tuzilishi o‘zgaradi
D) mazmuni va sintaktik tuzilishi o‘zgarmaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |