Hozirgi o‘zbek adabiy tilida fe’lga xos grammatik kategoriyalar qo‘yidagilar: nisbat kategoriyasi; bo‘lishli va bo‘lishsizlik kategoriyasi; mayl kategoriyasi; zamon kategoriyasi; shaxs-son kategoriyasi


Download 35.66 Kb.
bet5/8
Sana18.02.2023
Hajmi35.66 Kb.
#1212447
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
fellar katego`riyalari

4. Maqsad mayli -moqchi affiksi yordamida yasaladi va harakatning bajarish maqsadini, niyatini, mo‘ljalini bildiradi:



B i r l i k
K o‘ p l i k

1- shaxs
2 -shaxs


3 -shaxs

bor+moqchi+man


bor+moqchi+san
bor+moqchi

bor+moqchi+miz,


bor+moqchi+siz
bor+moqchi+(lar)

Fe’lning bu shakli faqat maqsad, mo‘ljal ma’nosini bildiradi. -moqchi affiksli fe’l edi to‘liqsiz fe’li bilan qo‘llanganda, o‘tgan zamon ifodalanishi mumkin. Lekin bunda harakat o‘tgan zamonga (o‘tgan zamonda bajarilishi) emas, balki maqsad o‘tgan zamonga oid bo‘ladi: bormoqchi edim, bormrqchi eding, yubormoqchi edi.


-moqchi affiksi bilan yasalgan shakl bo‘l fe’lining o‘tgan va hozirgi zamon shakllari bilan qo‘llanganda ham harakatning emas, balki maqsadning hozirgi zamon yoki o‘tgan zamonga oidligi ifoda-lanadi: bormoqchi bo‘layapman, bormoqchi bo‘laman, bormoqchi bo‘ldim. Fe’l mayllari sinonimiyasi. Fe’l mayllarini hosil qiluvchi affikslar nutq talabiga ko‘ra o‘zaro sinonim sifatida ham ishlatiladi:
1. Xabar maylidagi fe’l buyruq-istak mayli manosini ifodalashda ishlatiladi: Qani, yigitlar, ketdik! Kechagi qiliqlaring uchun bugun hech yoqqa chiqmaysan, tushundingmi!
2. Xabar maylidagi fe’l shart mayli vazifasida qo‘llanadi: Va’da berdingmi-bajarBoshga bir ish tushdimi, yagona yo‘l- uni jasorat bilan yengishdir.
3. Buyruq-istak maylidagi fe’l xabar mayli vazifasida ishlatiladi: Bolani o‘qitish o‘rniga xizmatingizni qildiring, yana urdiring! Sizda insof bormi? (xizmatingizni qildiribsiz, urdiribsiz)
4. Buyruq–istak maylidagi fe’l shart mayli vazifasida qo‘llanadi: Kimlardir mehnat qilsin-u, rohatini siz ko‘rasizmi?! Avval qo‘ng‘iroq chalsin, keyin hammamiz birga tashqariga chiqamiz.
5.Shart maylidagi fe’l xabar mayli ma’nosini ifodalashga xizmat qiladi: Kenjaboyning o‘g‘li yugurib kelsa-yu, to‘ni bilan sumkasini qo‘limga tutqazsa bo‘ladimi? (O.) (qo‘limga tutqazdi).
6. Shart maylidagi fe’l buyruq-istak mayli vazifasida qo‘llanadi: Sabr qilsang, g‘o‘radan halvo pishar (sabr qil, g‘o‘radan halvo pishadi).

Download 35.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling