Hozirgi o‘zbek adabiy tilida fe’lga xos grammatik kategoriyalar qo‘yidagilar: nisbat kategoriyasi; bo‘lishli va bo‘lishsizlik kategoriyasi; mayl kategoriyasi; zamon kategoriyasi; shaxs-son kategoriyasi
yo‘q so‘zi faqatgina –gan// -yotgan
Download 35.66 Kb.
|
fellar katego`riyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-§. Mayl kategoriyasi
- 1. Xabar mayli
yo‘q so‘zi faqatgina –gan// -yotgan qo‘shimchali sifatdoshning bo‘lishsiz shaklini yasash uchungina qo‘llaniladi: 'yozgani yo‘q., borayotgani yo‘q. Bu fe’llarning yuq so‘zi yordamida yasaluvchi inkor shaklida shaxs-son ko‘rsatkichlari fe’lning o‘ziga qo‘shiladi: yozganim yo‘q, borganing yo‘q, kabi.
na yordamchisi vositasida harakatning inkori alohida ta’kid bilan ifodalanadi. Bunda fe’llar bo‘lishli yoki bo‘lishsiz shaklda qo‘llanishi mumkin. Fe’lning o‘zi bo‘lishsiz shaklda qo‘llanganda, na yordamchisi bog‘lovchi vazifasini bajaradi va ma’noni kuchaytirish-ga xizmat qiladi: Na o‘qidi, na yozdi. Bo‘lishsizlik ma’nosining ifodalanishida ohangning ham alohida o‘rni bor. Bunday hollarda inkor shakli bo‘lsa, tasdiq ma’nosi, tasdiq shakli bo‘lsa, inkor ma’nosi anglashiladi: Bu bosh bevafo dunyoda nimalarni ko‘rmadi deysiz.(tasdiq). Ketasiz-a, ketasiz,... sizni bu yerdan ketkizarmidik (inkor). 5-§. Mayl kategoriyasi. Ish harakatning voqelikka munosabatini ifodalovchi fe’l shakli mayl deyiladi. Fe’l mallari harakatning voqelikka munosabatini ifodalab, grammatik zamon, grammatik shaxs bilan uzviy bog‘lanadi. Bu uch hodisa fe’lning gapda kesimlik vazifasidan kelib chiqadi. O‘zbek tilida fe’l mayllarining to‘rt turi bor: 1) xabar mayli, 2) buruq-istak mayli, 3) shart mayli, 4) maqsad mayli. 1. Xabar mayli. Ish-harakatning uch zamondan birida bajarilish va bajarilimaganligini ifodalaydi. Xabar maylining maxsus grammatik ko‘rsatkichi yo‘q. U fe’lga uchala zamon va shaxs-son affikslarini qo‘shib tuslash orqali shakllanadi. Masalan: o‘qidim, o‘qiding, o‘qidi, o‘qiganman, o‘qigansan, o‘qigan, o‘qimoqchiman, o‘qimoqchisan, o‘qimoqchi. Xabar maylidagi fe’lning asosiy sintaktik vazifasi gapda kesim bo‘lib kelishdir. Birinchi shaxs birligi -(a)y va -(a)yin affiksi yordamida yasaladi: boray, so‘zlayin. Bu shaxsda so‘zlovchining harakatni bajarish istagi, harakatga bo‘lgan rag‘bati ifodalanadi: Mana bu kitoblarni o‘quvchilarga yetkazay. So‘zlovchining o‘ziga o‘zi buyruq berishi mantiqqa to‘g‘ri kelmay-di, shuning uchun birinchi shaxs sof buyruq ma’nosida ishlatilmaydi. Xususan, o‘zgaga bo‘lgan murojaatda istak bilan birga iltimos ham ifodalanadi: Siz bilan boray. Xuddi shuningdek hollarda buyruq, do‘q ham ifodalanishi mumkin: Bu qilig‘ingni ikkinchi ko‘rmay! Birinchi shaxs ko‘plik faqat istakni emas, harakatga da’vat, iltimos kabi ma’nolarni ham ifodalaydi. Chunki bu shakl so‘zlovchidan tashqari u bilan birga bo‘lgan shaxslarni ham o‘z ichiga oladi: Bir yoqadan bosh chiqaraylik. Keling, mana shu ona-yer oldida so‘z beraylik. (P.Qodirov) Qat’iy buyruq ma’nosi ikkinchi shaxs vositasida ifodalanadi. Chunki bunda nutq qaratilgan shaxsning o‘zi qatnashadi: Salim qoraga ayting, fermada hisob-kitobni to‘g‘rilab qo‘ysin. (H. F.) Bu shaklda sof buyruq bilan birga do‘q qilish, iltimos, hatto yalinish kabi munosabatlar ham ifodalanishi mumkin: Yo‘qol, dedim! Ko‘zimga ko‘rinma!(do‘q). Stol ustiga qo‘ya qol (iltimos). Yo rabbiy, ilmimni ziyoda qilg‘il (o‘tinch). Ikkiichi shaxsning –gin\\ -gil affiksi bilan yasaluvchi shaklida esa buyruq ma’nosi kuchsizlanadi. Bu shakl ko‘proq iltimos yoki oddiy undash, da’vat uchun qo‘llanadi: Boshingga qilich kelsa ham to‘g‘risini gapirgin. Otangga bo‘lmagil arzanda bandi, Bandidan chiqib bo‘l hunar farzandi. ( A.Jomiy) Uchinchi shaxsda harakatga undash, buyruq ma’nolari ikkinchi shaxs orqali bo‘ladi: Odamlar bilan yaxshi tanishsin, keyin menga uchrasin. (H. F.) Uchinchi shaxsning sof buyruq uchun qo‘llanishi, asosan, majhul nisbatdagi fe’llarda uchraydi: Tuyaning dumiga bog‘lab sazoyi qilinsin. (As.M.) Shuningdek, 3-shaxs istak, iltimos kabi ma’nolarni ifodalash uchun ham qo‘llanadi: Farzandlarimiz murod-maqsadlariga yetishsin, qo‘sha qarishsin. Buyruq-istak maylining birinchi va uchinchi shaxs so‘roq, taxmin, o‘ylash kabi ma’nolarni ifodalovchi vositalar bilan qo‘llana oladi. Ikkinchi shaxs shakli esa bunday xususiyatga ega emas. Bunga bu shaxs shakllarining ma’no xususiyatlari sabab bo‘ladi. Masalan, ertaga kelaymi, ertaga kelsinmi, ertaga kelaymikin, ertaga kelsinmikin kabi qo‘llanish ko‘p uchraydi. Buyruq-istak maylining bo‘lishsiz shakli harakatning bajarilish ehtimoli borligi, unga ogohlantirish kabi ma’nolarda ham qo‘llanadi: Otlariga ishonib biror falokatga yo‘liqishmasin, tag‘in. Yordamchi fe’llardan faqat edi to‘liqsiz fe’li buyruq-istak mayli-dagi fe’llarning ikkinchi va uchinchi shaxs shakli bilan qo‘llana oladi: borgin edi, borsin edi kabi. Bunday qo‘llanish natijasida: 1) buyruq-istak mayli shakliga xos ma’no butunlay yo‘qoladi: bor - borgin edi, aytma - aytmagin edi; 2) buyruq - istak maylida harakatning bajarilishi mantiqan kelasi zamonga, edi to‘liqsiz fe’li bilan qo‘llanganda esa o‘tgan zamonga oid bo‘ladi: kelsin -kelsin edi; 3) buyruq-istak shakli edi to‘liqsiz fe’li bilan yoki usiz qo‘llanganda ham istak ma’nosi ifodalanadi. hart mayli biror ish-harakatning yuzaga chiqishi uchun undan oldin bajarilishi shart bo‘lgan harakatni ifodalaydi. Shart mayli -sa affiksi va shaxs-son qo‘shimchalarining qo‘shilib tuslanishidan hosil bo‘ladi.
Fe’lning bu shakli quyidagi ma’nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi: 1. Shart mayli shaklidagi fe’l boshqa biror harakatning bajarilishi uchun shart bo‘lgan harakatni bildiradi: Mana bu kanal bitsa, yangi yer ochilsa, paxta ham ko‘payadi (A.R). 2. Shart maylidagi fe’l payt ma’nosini bildiradi va payt ergash gapning kesimi vazifasini bajaradi: Ertalab derazadan qarasam, hammayoq oppoq qor ekan. 3. Istak ma’nosini bildiradi. Bunday holda edi to‘liqsiz fe’li ishtirok etib bu ma’noni kuchaytiradi: Qani edi bir parcha soya-salqin joy topilsa…(H.G‘). 4. Agar edi to‘liqsiz fe’li bilan qo‘llangan shart maylidagi fe’l bo‘lishsiz shaklda qo‘llansa, gumon manosi hosil bo‘ladi: Biror qaltis gap aytib, sharmanda qilmasa edi. Download 35.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling