Hozirgi paytda telekommunikatsiya texnologiyalarining jadal
Softswitch modelini amalga oshirish variantlari
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
Kommutatsiya-tizimlari.A.M.EshmurodovA.F.Xaytbayev
7.5.4. Softswitch modelini amalga oshirish variantlari
Turli ishlab chiqaruvchilarning Softswitch qurilmasini ishlash tamoyilini va tuzilmasi turlichadir. Turli ishlab chiqaruvchilarning ikkita 240 Softswitch modelini amalga oshirish misollarini ko‘rib chiqamiz. Ulardan biri Lusent Technologies kompaniyasining Softswitch modeli yagona tuzilmali Softswitch sanaladi, ikkinchisi esa, mSwitch - keng tarqalgan arxitekturaga ega. Lusent Technologies Lusent kompaniyasining (LSS) Softswitch modeli funksional tarzda ikki qismdan iborat: Tashqa qurilma bilan o‘zaro ishlash uchun javob beradigan Softswitch modelning apparat qismi qurilmalar serveri (Device Server) deb nomlanadi. Qurilmalar serveri aniq turdagi mediashlyuzlar (ATM kommutatorlari, IP- telefoniya shlyuzlari) bilan o‘zaro ishlashini hamda signalizatsiyaning maxsus protokollari (7- sonli UKS (MTP ISUP - R), SIP) bilan ishlashini quvvatlashi mumkin. U alohida turgan uskuna ko‘rinishida yoki umumiy shassiga o‘rnatish uchun plata ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Barcha bog‘lanishni o‘rnatish, nazorat qilish va uzib qo‘yish funksiyalari alohida qurilma – chaqiruvlar serverida (Call Server) bajarilishi mumkin. Bunday qurilmada chaqiruvlarni marshrutlash, adreslarni hal etish to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilinadi, intellektual perifiriya qurilmasidan olingan axborot asosida bog‘lanishlarni qayta ishlash siyosati kuzatiladi. LSS kompaniyasi Lucent ARX- 8000, ARX - 1000 va MAX TNT shlyuzlari, shuningdek H.248 protokolini quvvatlaydigan boshqa ishlab chiqaruvchilarning IP shlyuzlari bilan o‘zaro ishlashi mumkin. Softswitch istalgan foydalaniladigan signalizatsiya tizimlari bilan ishlashi va turli protokollar bilan o‘zaro ishlashi mumkinligi 7.9- rasmda ko‘rsatilgan. LSS platformasi maxsus serverlarda yoki SUN Netras serverlarida qurilgan. LSS kompaniyasining barcha qurilmalari ishonchlilik uchun nusxa olingan. Shunday qilib, LSS qurilmasi ikkita: muhofaza qilingan rejimda (nusxa olingan) va xizmat ko‘rsatuvchi asboblarning ikkilangan soni bilan muhofaza qilinmagan rejimda konfiguratsiyalangan (tutgan o‘rni) bo‘lishi kerak. LSS negizida operatorlar intellektual tarmoqlarning xizmatlarini abonentlarga ko‘rsatishi mumkin. 241 - IMT – Inter- Machine Trunk - IPDC – Internet Protocol Device Control - JTAPI – Java Telephone Application Programming Interface - IAD - Integrarlashgan imkoniylik qurilmasi 7.9- rasm. LSS kompaniyasining tarmoqli muhiti Интеллектуал тармоқлар хизмат платформаси Хизмат платформаси (CSP) ISDN PBX Шлюз APX-8000 Узоқлаштирилган имконийлик сервери MAX TNT LSS IAD LSS Шлюз APX-8000 УФТф коммутатори 7-сонли УКС тармоғи IP телефония тармоғи Интернет провайдери SIP H.323 SIP H.323 H.323 SIP SIP SIP JTAPI H.248 IPDC H.248 IPDC IMT 7-sonli UKS tarmog’i Intellektual tarmoqlar xizmatlari platformasi Xizmatlari platformasi (SP) UFTfT kommutatori APX-8000 shlyuzi APX-8000 shlyuzi MAX TNT olisdagi imkoniylik serveri Internet provayder IP telefoniya tarmog’i |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling