Hozirgi paytda telekommunikatsiya texnologiyalarining jadal
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
Kommutatsiya-tizimlari.A.M.EshmurodovA.F.Xaytbayev
UTStarcom
UTStarcom Amerika Softswitch kompaniyasi mSwitch deb nomlanadi. U Lucent kompaniyasining mahsulotiga qaraganda keng tarqalgan tuzilmaga ega, serverlar va shlyuzlar majmuasidan iborat tarmoqli arxitekturaga ega. mSwitch tarmoqli muhiti 7.10- rasmda keltirilgan. Serverlar majmuasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - chaqiruvlar serveri (Call Server); - ilovalar serveri (Application Server); - Policy Server; - foydalanuvchining joylashgan o‘rnini aniqlash serveri (SLR Server); - avtorlash, autentifikatlash va hisoblarni yuritish serveri (AAA Server); - media server (Media Server); - SCP Server - MAN – Mobile Access Network 7.10- rasm. mSwitch tarmoqli muhiti mSwitch negizidagi uskuna bilan SS7- TUP/ISUP, INAP/TCAP/SCCP, V5.2, Q.931, DSS1 kabi UFTf signalizatsiyaning har xil turlari quvvatlanadi. IP tarmoq ichidagi boshqa uskuna va boshqa Softswitch bilan o‘zaro ishlash uchun quyidagi protokollar: SIP, SIP - T, 243 Y.323, MGCP, Megaco/H.248, SNSP, SIGTRAN, CAMEL, PARLAY/JAIN/JTAPI, BICC quvvatlanadi. 7.6. Signalizatsiya tizimining o‘zaro ishlash algoritmi Signalizatsiyaning turli protokollaridan foydalanilgan tarmoq tuzilmasiga misolni ko‘rib chiqamiz. SIP - T protokoli bo‘yicha o‘zaro ishlaydigan Softswitch negizida qurilgan IP- telefoniyaning ikkita tarmog‘i 7.11- rasmda keltirilgan. Bunda ushbu ikkita tarmoq turli shaharlardagi (masalan, Softswitch1 - Samarqandda, Softswitch2 - Toshkentda) foydalanuvchilarga xizmat qiladi. UFTf foydalanuvchisi 7- sonli umumkanal signalizatsiya bo‘yicha IP - telefoniya tarmog‘iga chaqiruvni yo‘llaydigan stansion uskunaga (raqamli ATS) ulanadi. 7.11- rasm. Softswitch negizidagi tarmoqlarda «telefon - kompyuter»ning o‘zaro ishlashi Chaqiriluvchi foydalanuvchi operator bo‘lib hisoblanadigan Softswitch2 negizidagi konvergentli tarmoqning abonenti sanaladi va unga umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘ining umumiy raqamiga mansubdir. Nutqli axborot UFTf tarmog‘idan raqamli ko‘rinishda paketlarga joylashtirib shlyuzga, IP - tarmoqlar bo‘yicha H.323 terminalning foydalanuvchisidan teskari tartibda uzatiladi. Download 3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling