7.6.2. Bog‘lanishni uzish algoritmi
So‘zlashuv fazasidan keyin bog‘lanishni uzish fazasi boshlanadi.
Bog‘lanishning uzilishi aloqa qatnashchilaridan istalganining tashabbusi
bilan amalga oshirilishi mumkin. Quyidagi holatlarni ko‘rib chiqamiz:
a) Bog‘lanishni uzish tashabbuskori chaqiruvchi abonent sanalganda
(7.13- rasm);
1) Bog‘lanishni uzish tashabbuskori bo‘lgan foydalanuvchining
uskunasi nutqli axborotni uzatishni to‘xtatishi kerak. Bu holatda,
chaqiruvchi abonent otboy signalini uzatadi, chiquvchi ATS undan
otboy signalini oladi, bog‘lanish vaqtida band bo‘lgan o‘z resurslarini
bo‘shatadi va ISUP:RLC xabarni (uzilishni tasdiqlash) Softswitch1
texnologiyasiga uzatadi.
2) Softswitch1 aloqa seansini ikkita Softswitch o‘rtasida
tugatadigan SIP:BYE xabarini uzatadi. Ushbu xabar SIP:200 OK javob
bilan tasdiqlanadi.
250
3) Softswitch2 mantiqiy kanalni yopadi va boshqaruvchi kanalga,
foydalanuvchi bog‘lanishni tugatishini bildiradigan H.245:End Session
Command xabarini uzatadi. Foydalanuvchi H.245:End Session
Command komandasini olib,nutqli axborot uzatilishini to‘xtatishi,
mantiqiy kanallarni yopishi va H.245:End Session Command xabarini
javoban uzatishi kerak, javob qabul qilingandan keyin boshqaruvchi
H.245 kanal yopiladi.
4) Kanal ochiq bo‘lganda, H.225.0:Releas Complete xabari
uzatiladi. Signal kanali yopiladi.
5) Yuqorida keltirilgan amallar bajarilganda H.323 terminali
geytgiperni rezervlangan o‘tkazish yo‘laksi bo‘shaganligi to‘g‘risida
xabar beradi. Shu maqsadda bog‘lanish qatnashchilaridan har biri
(Softswitch2) RAS kanali bo‘ylab RAS - VSA tasdiq bilan geytgiper
javob berishi kerak bo‘lgan RAS - DRQ bog‘lanishdan chiqish so‘rovini
uzatadi, keyin chaqiruvga xizmat ko‘rsatish tugagan hisoblanadi.
b) Bog‘lanishni uzish tashabbuskori chaqiriluvchi abonent
sanalganda (7.14- rasm);
251
Do'stlaringiz bilan baham: |