Hozirgi paytda telekommunikatsiya texnologiyalarining jadal


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/103
Sana12.07.2023
Hajmi3 Mb.
#1659824
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   103
Bog'liq
Kommutatsiya-tizimlari.A.M.EshmurodovA.F.Xaytbayev

SS1
SS1
Stansiyani chaqirish 
Stansiyaning javobi 
Chaqirilayotgan 
abonentning raqami 
ISUP:IAM 
(Boshlang'ich adresli xabar) 
SIP:INVITE 
(Aloqaga taklif) 
SIP:100 Trying 
(So'rov qayta ishlanmoqda) 
H.225.0:Setup 
(Bog'lanishni o'rnatishga so'rov ) 
H.225.0:Call Proceeding 
(Chaqiruv xizmatga qabul qilindi ) 
RAS:ARQ 
(Imkoniylik so’rovi ) 
RAS:ACF 
(Funksional imkoniyatlarning almashinuvi) 
(Analog
«Chaqiruvni nazorat signali» ) 
H.225.0:Alerting 
SIP:180 Ringing 
(Chaqirayotgan abonentga
«Chaqiruv signalini»ni uzatish ) 
ISUP:AСM 
ChSN (Alerting) 
(Hamma adresni qabul 
qilganligi haqida xabar) 
H.225.0:Connect 
H.245:Terminal Capability Set 
H.245: MSD (Ask) 
(Yetakchi / ergashuvchini aniqlash) 
H.245: Open Logical Channel (Ask) 
(Bir yo'nalishli mantiqiy kanallarning ochilishi) 
SIP:200 OK 
(Operatsiya muvaffaqiyatli tugallandi; B 
abonentning funksional imkoniyatlari) 
ISUP:ANM 
(Javob xabari) 
Javob (Connect) 
SIP:ASK 
(Tasdiq) 
So'zlashuv fazasi 
Aloqani uzish fazasi 
7.12- rasm. Muvaffaqiyat bilan tugaydigan bog’lanishlarni o’rnatish algoritmi 
Abonent А 
Raqamli ATS
№7 UKS 
SIP/SIP-T 
H.323 
Abonent B 


246 
3) Softswitch1 so‘rovlarni qayta ishlaydi, ma’lumotlar bazasi 
bo‘yicha B abonentni topadi va u Moskvada joylashganligini aniqlaydi. 
Shuning uchun chaqiruv Softswitch1 SIP - T protokoli bo‘yicha 
bog‘langan boshqa Softswitch2 texnologiyaga yo‘llanadi. 
4) Softswitch1 ISUP: IAM xabarni SIP: INVITE so‘rovga 
o‘zgartiradi, ushbu so‘rov chaqiriluvchi abonentni (ushbu holatda 
Softswitch2) aloqa seansida qatnashishga taklif etadi. Xabar, odatda, 
sessiyaning bayonini o‘z ichiga oladi, unda qabul qilinadigan axborot va 
axborotni qabul qilish uchun zarur bo‘lgan 
parametrlarni 
(parametrlarning mumkin bo‘lgan variantlarining ro‘yxati) uzatiladi, 
shuningdek chaqiriluvchi foydalanuvchi uzatishni istagan axborot turini 
ko‘rsatishi mumkin. Ushbu xabarda abonentni autentifikatsiyalash 
uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Softswitch1 SIP: 
INVITE so‘rovini uzatish uchun Softswitch2 transport IP - adresini 
bilishi kerak.
5) Softswitch2 so‘rov qayta ishlanganligini va qarshi (muqobil) 
uskuna taymerni qayta ishga tushirganligini bildiradigan SIP:100 Trying 
javoban yuboriladi. Ushbu javob, boshqa shu kabi javoblarga o‘xshab, 
mijozning SIP:INVITE xabarining takroriy terilgan signallari bilan 
kesishadi.
6) Softswitch2 SIP:INVITE so‘rovini qayta ishlaydi va 
chaqiriluvchi abonentning raqamiga muvofiq chaqiruvni marshrutlaydi 
hamda SIP:INVITE so‘rovini H.225,0:Setup xabariga o‘zgartiradi. 
7- ) Softswitch2 H.225.0 signal kanali bo‘yicha chaqiriluvchi 
abonentning transport adresiga H.225,0: Setup bog‘lanish so‘rovini 
uzatadi. Ushbu xabar chaqiriluvchi uskunaning (H.323 terminali) 17- 20 
umumma’lum portiga uzatiladi. 
8) Bunga javoban terminal uskuna bog‘lanishni o‘rnatish uchun 
zarur bo‘lgan barcha axborot olingan va chaqiruv xizmat ko‘rsatish 
uchun qabul qilinganligini bildiruvchi H.225.0:Call Proceeding xabarini 
yuboradi. 
9) Uskuna chaqiruvni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lsa, u kira 
olish uchun so‘rovni RAS:RAQ tarmog‘ining resursiga uzatadi, ushbu 
tarmoqqa Softswitch2 RAS:ACF tasdig‘i bilan javob beradi. RAS:RAQ 
xabari RAS:RAQ, ya’ni H.323 terminalining xabarini yuborgan uskuna 
identifikatorini va RAS:RAQ, ya’ni Softswitch xabarini yuborgan 
uskuna bilan bog‘lanishni istagan uskunaning bog‘lanish uchun 
axborotini o‘z ichiga oladi. Uskunaning bog‘lanish uchun axboroti alias 
adresni va/yoki signal kanalining transport adresini o‘z ichiga oladi, 


247 
lekin odatda, RAS:RAQ so‘roviga chaqiriluvchi uskunaning alias - 
adresi joylashishi mumkin. Bundan tashqari, RAS:RAQ xabarida 
RTP/UDP/IP sarlavhalarni va boshqa xizmatga oid axborotni hisobga 
olmagan 
holda 
barcha 
nutqli 
va 
videokanallar 
bo‘yicha 
foydalanuvchining axborotini uzatish va qabul qilishning summar 
tezliklarining yuqori chegarasi ko‘rsatiladi. Aloqa vaqtida uskuna 
tomonidan uzatiladigan va qabul qilinadigan axborotning o‘rtacha 
summar tezligi sekundiga ushbu yuqori chegaradan oshmasligi kerak. 
Bu summar tezlikka boshqaruv va signal kanallar bo‘yicha 
ma’lumotlarni uzatish kanali bo‘yicha axborotni uzatish va qabul qilish 
tezligi kirmaydi. 
10) H.225.0:Alerting xabari H.323 terminalidan Softswitch2 
texnologiyasiga kelib tushadi. U chaqiriluvchi uskuna band emasligi 
to‘g‘risida chaqiruvchi uskunani xabardor qiladi va foydalanuvchiga 
kiruvchi chaqiruv to‘g‘risida signal beradi. 
11) 
Softswitch2 
H.225.0:Alerting 
xabarini, 
Softswitch1 
texnologiyasiga to, From, Call- Id va Csed maydonini SIP:INVITE 
so‘rovidan nusxa olib, Softswitch texnologiyasiga uzatiladigan SIP:180 
Ringing 
xabariga 
konvertlaydi. 
Ushbu 
xabar 
chaqiriluvchi 
foydalanuvchining joylashgan o‘rni aniqlanganligini va chaqiriluvchi 
foydalanuvchi kiruvchi chaqiruv to‘g‘risidagi signalni qabul 
qilayotganligini bildiradi. 
12) Softswitch1 butun ISUP: ASM adresini qabul qilishi 
to‘g‘risidagi xabarni uzatadi. ISUP:ASM xabarining umumiy formati 
ISUP:IAM xabarini (aks - sado ajratgich bo‘lganda yoki bo‘lmaganda, 
yo‘ldoshli kanalning bog‘lanishida mavjudligi va boshqalar) uzatishga 
o‘xshash bog‘lanishni o‘rnatish xususiyatini belgilaydigan 1 bayt qayd 
etilgan uzunlikning majburiy parametrini o‘z ichiga oladi. 2 bayt qayd 
etilgan uzunlikning boshqa majburiy parametri ISUP:IAM xabaridagi 
parametriga o‘xshaydi, lekin u, to‘g‘ridan - to‘g‘ri uzatish 
imkoniyatlarini tasdiqlab va bunday uzatishning talab etilgan usulini 
qabul qilib (yoki muqobilni taklif etib), bog‘lanishning kiruvchi 
tomonining imkoniyatlarini xarakterlaydi. Bundan tashqari, ISUP:ASM 
xabari bog‘lanishning xususiyatlari to‘g‘risdagi ma’lumotlar bilan 
majburiy bo‘lmagan (ISUP:IAM xabaridagi parametrga o‘xshash) 
parametrlarni va «foydalanuvchi - foydalanuvchi» (3 - 131 bayt 
uzunlikdagi) axborotni o‘z ichiga olishi mumkin. 
13) Chaqiriluvchi foydalanuvchiga kirish chaqiruvi to‘g‘risidagi 
vizual yoki akustik signal beriladi. ISUP:ASM xabarini ATS olgandan 


248 
keyin «Chaqiruv signalini nazorati» (CHSN) akustik signalini 
chaqiruvchi foydalanuvchisiga yuboradi. 
14) Bundan keyin chaqiriluvchi foydalanuvchi kiruvchi chaqiruvni 
qabul qiladi, Softswitch2 texnologiyasiga chaqiriluvchi uskunaning 
H.245 boshqaruv kanalining transport adresi bilan H.225.0:Connect 
xabari uzatiladi. Softswitch2 ushbu adresni H.245 boshqaruv kanalining 
transport adresi bilan almashtiradi, keyin H.245 boshqaruv kanali 
ochiladi. 
15) H.245 boshqaruv kanali ochilgandan keyin uskunaning 
funksional imkoniyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar almashinuvi 
boshlanadi.
Izoh: Rasmda signallar ko‘rsatilmagan, balki protseduralar 
ko‘rsatilgan. 
Softswitch 2 texnologiyasidagi terminal va shlyuz qabul qilinadigan 
axborotni dekodlash algoritmi ko‘rsatiladigan Terminal Capability Set 
xabarlari bilan almashadi. Terminal Capability Set xabarini boshqa 
uskunadan qabul qilgan uskuna Terminal Capability Set Ack xabarini 
uzatish bilan qabul qilinganligini tasdiqlaydi. Konferensiyaning aktiv 
kontrolleri ikkita qurilma bo‘lganda, konferensiyani tashkil qilishda ular 
o‘rtasida yoki bir vaqtda ikki yo‘nalishli mantiqiy kanallarni ochishga 
urinayotgan ikkita qurilma o‘rtasida yuzaga keladigan nizolarni hal etish 
zarur bo‘lgan etakchi/ergashuvchi uskunani aniqlash tadbiridan keyin 
initsiatsiya qilinadi. Protseduraning borishida qurilmalar master Slave 
Determination xabari bilan almashadi. Olingan master Slave 
Determination xabariga javoban ikkita qurilma master Slave 
Determination Ack xabarini uzatadi, ushbu xabarda bog‘lanish uchun 
qaysi qurilma etakchi, qaysinisi ergashuvchi sanalishi ko‘rsatiladi. 
Funksional imkoniyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar almashinuvidan va 
yetakchi va ergashuvchi uskuna aniqlangandan keyin bir yo‘nalishli 
mantiqiy kanallarni ochish protsedurasi bajarilishi mumkin. Mantiqiy 
kanalni (bu holatda to‘g‘ridan - to‘g‘ri mantiqiy kanalni) ochish talabida 
open Logical Channel uskuna ushbu kanal bo‘yicha uzatiladigan axborot 
va kodlash algoritmining turi ko‘rsatiladi. Bu holatda mantiqiy kanal 
nutqni ko‘chirish uchun mo‘ljallangan, shuning uchun open Logical 
Channel xabari RTP paketlar uzatilishini nazorat qilish yordamida 
RTSR kanalining transport adresi ko‘rsatilgan open Logical Channel 
parametrini o‘z ichiga oladi. Open Logical Channel xabariga javoban 
uskuna RTP paketlari uzatilishi kerak bo‘lgan tomonga uzatiladigan 


249 
transport adresi, shuningdek RTSR kanalining trasport adresi 
ko‘rsatiladigan open Logical Channel Ack tasdig‘i uzatilishi kerak. 
16) Softswitch2 so‘rov muvaffaqiyatli bajarilganligi, chaqiriluvchi 
foyda- lanuvchi aloqa seansida ishtirok etishga roziligi to‘g‘risida 
SIP:200 OK javobini SIP:INVITE so‘roviga javob qilib yuboradi, tele 
javobda chaqiriluvchi foydalanuv- chi uskunasining imkoniyatlari 
ko‘rsatiladi. Softswitch1 SIP:ASK so‘rovi bilan ja- vobni qabul qilishni 
tasdiqlaydi. 
17- ) Softswitch1 ISUP:IAM javobi to‘g‘risidagi xabarni chiquvchi 
ATSga uzatadi. 
18) Keyin so‘zlashuv sessiyasi boshlanadi, ya’ni chaqiruvchi 
abonent chaqiriluvchi abonent bilan bog‘lanadi, to‘lov yozilishi 
boshlanadi 
va 
so‘zlashuv 
amalga 
oshiriladi. 
Chaqiriluvchi 
foydalanuvchining uskunasi RTP/UDP/IP paketlarga so‘rovlangan 
nutqli axborotni, RTCP kanal yordamida RTP kanallar bo‘ylab 
axborotni uzatish nazorat qilinadigan shlyuzning RTP - kanali transport 
adresiga uzatadi. Shlyuz ushbu paketlarni o‘rovdan ochadi va raqamli 
ko‘rinishda chaqiruvchi ATSga nutqli axborotni yuboradi, ATS o‘z 
navbatida, uni foydalanuvchiga etkazadi. UFTf tarmog‘ining 
foydalanuvchisidan nutqli axborot teskari tartibda chaqiriluvchi 
abonentga uzatiladi. 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling