Hozirgi paytda telekommunikatsiya texnologiyalarining jadal
VF, VFV, FVF turidagi raqamli kommutatsiya
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
Kommutatsiya-tizimlari.A.M.EshmurodovA.F.Xaytbayev
5.8. VF, VFV, FVF turidagi raqamli kommutatsiya
maydonining tuzilishi Oldin ta’kidlaganimizdek, FKB, VKB kommutatsiya bloklari asosida turli tuzilmadagi KM larini tuzish mumkin. Umumiy holda, KM larini faqat FKB yoki VKB lari asosida qurish mumkin. Biroq, kam xarajatli variantga ulardan aralash (kombinatsiya) usulda foydalanilganda erishiladi. KM larini kombinatsiyalab, ikki zvenoli F - V va V - F, uch zvenoli F - V - F va V - F- V tuzilmalarni, hamda F va Adresli xotira MS Adresli xotira MS r 1 r 1 m r 1 r 1 n Davr xotirasi Adresli xotira r 1 r 2 Davr xotirasi Adresli xotira r 1 r 2 m m Fazoviy zveno Vaqt bo’yicha zveno 145 V bloklarning turli birikmalaridan tuzilgan ko‘p zvenoli tuzilmalarini olish mumkin. Oraliq yo‘llarni tashkil etish usuli bo‘yicha KM lar bir xilli va bir xilli bo‘lmagan (aylanma yo‘lli tizimlar) bo‘lishi mumkin. Bir xilli KM da barcha yo‘llar bir turli bo‘lib, ulanish kirishdan chiqishga bir xil sondagi zvenolar orqali o‘tadi. Bir xilli bo‘lmagan KM da bog‘lovchi yo‘llar turli sondagi kommutatsiya nuqtalariga ega bo‘lgani tufayli ulanishlar turli sondagi zvenolardan o‘tadi. Bir xilli bo‘lmagan tizimda ulanish o‘rnatilganda, ma’lum uzunlikdagi bog‘lovchi yo‘lni tanlash lozimligi, ulanishni o‘rnatish vaqtida kommutatsiya tizimi joylashgan holatga bog‘liq bo‘ladi. Bir xilli bo‘lmagan KM lar ayniqsa quyidagi hollarda: birinchidan – XQ siga o‘xshash elementlarni tejash zaruriyati yuzaga kelsa, ikkinchidan qisqa yo‘llardan KM da ulanish o‘rnatadigan BQ iga tushadigan yuklanmani kamaytirishga erishish zarur bo‘lganda samaralidir. Integral mikrosxemalarni yaratish sohasidagi o‘sish va ularning narxini arzonlashuvi tufayli bir xilli KM larni keng ishlatish tendensiyasi belgilandi. KM ning F - V va V - F turidagi bir xilli ikki zvenoli tuzilmasini ko‘rib chiqamiz. 5.24- rasmda F - V turidagi KM ning tuzilmaviy sxemasi va uning fazoviy ekvivalenti ko‘rsatilgan. KM ning birinchi fazoviy zvenosida ma’lum kiruvchi bog‘lovchi liniyalar- ning sinfazli kanallar kommutatsiyasi yuz beradi. Jumladan, birinchi N x M fazoviy kommutatorda, xohlagan N kirishdagi UTBL da birinchi vaqt kanali hohlagan chiqishdagi UTBL dan birinchi vaqt kanali bilan kommutatsiya qiladi. SHu bois, birinchi fazo zvenosining kommutatorlar soni IKM dagi har bir kommutatsiyalanadigan traktdagi n- kanallar soniga teng. 146 5.24 - rasm. F - V turidagi kommutatsiya maydonining tuzilmaviy sxemasi va uning fazoviy ekvivalenti Fazoviy kommutatsiyaning birinchi zvenosida kommutatsiyalangan kanalning vaqt holatining o‘zgarishi vaqt kommutatsiyasining ikkinchi zvenosida ro‘y beradi. Bu zvenoda birinchi n x n kommutator F zvenoda kommutatsiyalangan ma’lum kiruvchi kanalni birinchi chiquvchi liniyaning ixtiyoriy vaqt holatiga ko‘chirishni amalga oshiradi. V zvenoning M chi kommutatorida F zvenoda kommutatsiyalangan ma’lum kiruvchi kanalning M chi chiquvchi liniyaning ixtiyoriy vaqt holatiga ko‘chirish amalga oshiriladi. Bu zvenodagi kommutatorlar soni chiquvchi M traktlar soniga teng. 5.25a.b- rasmlarda mos ravishda V - F turidagi KM ning tuzilmasi va uning fazoviy ekvivalenti ko‘rsatilgan. KM ning birinchi vaqt zvenosida kiruvchi kanalni ixtiyoriy vaqt holatiga ko‘chirish amalga oshiriladi. Masalan, birinchi n x n vaqt kommutatorida birinchi kiruvchi UTBL ning kiruvchi kanalini ixtiyoriy vaqt holatiga ko‘chirish amalga oshiriladi. Oxirgi N chi n x n vaqt kommutatorida N - kiruvchi UTBL ning kiruvchi kanalini n ixtiyoriy vaqt holatiga ko‘chirish amalga oshiriladi. Birinchi zvenodagi V kommutatorlar soni kiruvchi M traktlarning umumiy soniga teng. Download 3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling