Bundan “Turk tili muassasasi” quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirmoqda, bular:
1. Dialektshunoslik va amaliyoti bo‘limi;
2. Zamonaviy turk yozma asarlari va amaliyoti bo‘limi;
3. Grammatika va tilshunoslik va amaliyoti bo‘limi;
4. Zamonaviy turkcha lug‘ati va tatbiqi bo‘limi;
5. Tarixiy turk yozma asarlari va amaliyoti bo‘limi;
6. Atamashunioslik va qo‘llash bo‘limi;
7. Turk tili ta’limi, o‘qitish va amaliyot bo‘limi;
8. Turk adabiyoti fani va amaliyot bo‘limi;
9. Tarixiy ommaviy axborot manbalarini o‘rganish bo‘limi;
10. Hattotlik va amaliyot bo‘limi.
SHuningdek, ushbu muassasada amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha komissiyalar tuzilgan, bular:
1. Kompyuterga asoslangan til o‘rganish komissiyasi;
2. Zamonaviy turk yozma tillari nutq qo‘llanmalari komissiyasi;
3. Grammatika va tilshunoslik lug‘ati komissiyasi;
4. Etimologik lug‘at loyihasi ijroiya qo‘mitasi;
5. Faoliyatni baholash komissiyasi;
6. Qiyosiy-zamonaviy turk yozma tili lug‘ati komissiyasi;
7. Kutubxona va qo‘lyozmalar komissiyasi;
8. Maktab lug‘atlari komissiyasi;
9. Usmonli turkcha lug‘at komissiyasi;
10. Loyihani baholash komissiyasi;
11. Tarjima komissiyasi;
12. Turk dunyosi hikoya antologiyasi komissiyasi;
13. Turk adabiyoti shaxslari sammiti komissiyasi;
14. Turkiya turk tarixi lug‘ati komissiyalaridan iborat.
Turkiyadagi til islohotiga bir asr bo’layotganligiga qaramay hozir ham tildagi o‘zgarishlar, tilga yangi o‘zga tildagi so‘zlarning kirib kelishi davom etayotganligini kuzatish mumkin. Bunday holatlar asosan zamonaviy axborot texnologiyalari, ommaviy axborot vositalari, turli nashrlarda chop etilgan nashrlar orqali amalga oshmoqda. Lekin shunga qaramay yuqorida qayd etilgan tashkilot til sofligini saqlash maqsadida tinimsiz ish olib bormoqda. Hatto, eskidan qo‘llanilib kelayotgan arab, fors hamda xalqaro so‘zlarni ham turkiychaga o‘zgartirish ishlari olib borilmoqda. Masalan,
“alfabe” (o‘zbekchada - alifbo) so‘zini turk tili alifbosiga ko‘ra “abece” (transkripsiyada - abeje) deb o‘zgartirish;
“animasyon” (o‘zbekchada - animatsiya) so‘zini turkchaga “canlandırma” (transkripsiyada - janlandirma) deb o‘zgartirish;
“antifiriz” (o‘zbekchada - antifriz) so‘zini turkchaga “donma önleyici” (transkripsiyada – do‘nma o‘nleyiji) deb o‘zgartirish (o‘zbekchaga tarjimasi – yaxlashni/muzlashni oldini oluvchi);
“arkeoloji” (o‘zbekchada - arxeologiya) so‘zini turkchaga “kazıbilim” deb o‘zgartirish (o‘zbekchaga tarjimasi – qazilmalar/topilmalar fani);
“noutbuk” (o‘zbekchada - noutbuk) so‘zini turkchaga “dizüstü bilgisayar” deb o‘zgartirish (o‘zbekchaga tarjimasi – tizza usti noutbuk) va shu kabi misollarni ko’plab keltirish mumkin.
Xulosa qilganda, ushbu tashkilot turk tilining yozma va og‘zaki manbalari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish, turk tilining ilm-fan, san’at, adabiyot va ta’lim/o‘qitish tili sifatida rivojlanishini va har sohada to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash etib vazifa qo‘ygan bo‘lsa, bosh maqsad qilib turk tilining boyligini ochib berish, uni dunyo tillari orasida qadrini oshirish, munosib o‘ringa ko‘tarish va turkiy tilda so‘zlashuvchi davlatlar o‘rtasida umummuloqot tili darajasiga yetkazishni belgilagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |