Hozirgi vaqtda biologiyaning turli sohalari orasida o‘simliklar fiziologiyasi alohida o‘rin tutadi


Protoplazmaning qovushqoqligi va elastikligi


Download 109.64 Kb.
bet8/36
Sana19.06.2023
Hajmi109.64 Kb.
#1606189
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
Bog'liq
Hozirgi vaqtda biologiyaning turli sohalari orasida o

Protoplazmaning qovushqoqligi va elastikligi. Qovushqoqlik hujayra hayotidagi eng muhim xususiyatlardan biri. U hujayraning hayotiyligini va biokimyoviy faolligini belgilaydi. Qovushqoqlik deb eritmaning shu eritmadagi zarrachalarning o‘zaro aralashishiga to‘sqinlik qilish qobiliyatiga aytiladi (molekulalar, ionlararo va boshqalar). Qovushqoqik protoplazmaning strukturaviy holatini va bu strukturani tuzuvchi kolloid zarralarning o‘zaro tortishuv kuchini belgilaydi. O‘simlik hujayralari protoplazmasining qovushqoqlik darajasi ularning turlariga va navlariga qarab har xil bo‘ladi va hayotiy jarayonida (jumladan, modda almashinuv, haroratning ko‘tarilishi yoki pasayishi) o‘zgarib turadi. O‘simliklarning ekologik gruppalarida ham qovushqoqlik har xil darajada, masalan, qurg‘oqchilik sharoitiga moslashgan o‘simliklarda, mezofitlarga nisbatan ancha yuqori, suv o‘simliklarida esa aksincha ancha past bo‘ladi.
Elastiklik ham protoplazmaning eng muhim xususiyatlaridan biridir. Elastiklik deb zararlanmagan tirik prtoplazmaning shakli o‘zgartirilganda u avvalgi holatiga qaytish xususiyatiga aytiladi. Plazmaning elastikligini uning juda ingichka tola holatigacha uzilmasdan cho‘zila olish xususiyatida ham ko‘rish mumkin. Bu protoplazmaning ma’lum strukturadan iborat ekanligidan dalolat beradi. Protoplazmaning suv bilan aralashmasligi sababli uni toza suyuqlik deb bo‘lmaydi.
Moddalarning membrana orqali transporti
Hujayraning tashqi muhit bilan bo‘ladigan almashuv munosabatlari va protoplast ichida ro‘y beradigan hayotiy jarayonlar maxsus membrana sistemasi orqali amalga oshadi. Protoplast va undagi organoidlar membrana qavati bilan qoplangan. YA’ni har bir organoid ham protoplazma kabi o‘zining membranasi bilan xarakterlanadi. Ana shu membranasi yordamida sitoplazmadan ajralib turadi.
Protoplastni tashqi tomondan o‘rab turuvchi membrana (plazmalemma qavati) - hujayra membranasi deb yuritiladi. U yarim o‘tkazgich xususiyatiga ega bo‘lib,o‘zi orqali suvni bemalol o‘tkazadi. Lekin suvda erigan moddalar uchun yuqori darajada tanlab o‘tkazuvchi baryer vazifasini bajaradi. Ayniqsa har xil ionlar va molekulalarning energetik va osmotik gradiyentga nisbatan erkin harakatiga baryerlik vazifasini bajaradi. Bundan tashqari membrana eng muhim metabolitik nasosdir ham. YA’ni hujayra uchun zarur bo‘lgan ionlarni gradiyentga qarshi faol o‘tkazadi. Membrananing bunday xususiyatlari hujayra uchun keraksiz moddalarni ichkariga o‘tkazmay faqat zarurlarini o‘tkazishga beqiyos ahamiyatga ega. Demak membranalar hujayra metabolizmi jarayonining eng muhim qismlaridan biri bo‘lgan moddalar oqimi va energiyasini boshqaradi: baryerlik, transport, osmotik, energetik, biosintetik va boshqalar. Membrananing bunday xususiyatlari faqat tirik hujayralardagina sodir bo‘ladi.

Download 109.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling