Hozirgi vaqtda biologiyaning turli sohalari orasida o‘simliklar fiziologiyasi alohida o‘rin tutadi


Download 109.64 Kb.
bet9/36
Sana19.06.2023
Hajmi109.64 Kb.
#1606189
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36
Bog'liq
Hozirgi vaqtda biologiyaning turli sohalari orasida o

Diffuziya va osmos. Hujayraning hayotiyligi undagi doimiy modda almashinuv jarayonining mavjudligiga bog‘liq. YA’ni hujayralar tashqi sharoitdan yoki yonma-yon joylashgan hujayralardan to‘xtovsiz qabul qiladi, ayrim moddalarni esa aksincha o‘zidan chiqaradi. YA’ni o‘simlikning hayoti uni tashkil qilgan hujayralarning tashqi va ichki muhit omillari bilan munosabati orqali amalga oshadi. Bulardan eng muhimi hujayralarga tashqi muhitdan suv va unda erigan moddalarning kirishi va hujayralararo harakatidir. Ana shu jarayonlarda o‘simlik hujayralarida mavjud bo‘lgan osmotik potensial katta rol o‘ynaydi. Bu esa diffuziya va osmos qonunlaridan kelib chiqadi.
Umumiy sistemada moddalarning bir joydan ikkinchi joyga siljitishga diffuziya deyiladi. Diffuziyalanuvchi modda o‘z yo‘lida parda uchratsa, uning tarqalishi ancha qiyinlashadi Hujayraning sellyuloza, gemitsellyulozadan iborat po‘sti ham shunga o‘xshash pardalar qatoriga kiradi.
Suyuq va erigan moddalarning parda orqali diffuziyalanish hodisasiga osmos deyiladi. Eritmaning parda orqali ichkariga kirishiga endoosmos, tashqariga chiqishiga esa ekzoosmos deyiladi. Keyingi yillarda o‘tkazilgan tekshirishlarning ko‘rsatishicha faqat erituvchilarni (suv) o‘tkazib, erigan moddalarni butunlay o‘tkazmaydigan pardalar ham borligi aniqlandi. Bunday pardalar tanlab o‘tkazuvchi pardalar deb ataladi.
Osmotik bosim. Ekzoosmosdan ko‘ra endoosmosning kuchliroq bo‘lishi natijasida rivojlanib, pufakning ichki tomonidan itaruvchi gidrostatik bosim-osmotik bosim deb ataladi. Bunday bosimning mavjudligini birinchi marta 1826 yilda fransuz botanki Dyutroshe isbotlab bergan. Buni isbotlashda qo‘llanilgan asbob esa Dyutroshe osmometri deyiladi (12-rasm). Bu osmometr bilan osmotik qonuniyatni ko‘rib chiqish uchun hayvon qovug‘idan yoki pergament qog‘ozidan xaltacha tayyorlab, uni tez diffuziya qilmaydigan modda bilan (saxaroza, glyukoza) to‘lg‘azib suvga solsak, xaltacha shisha boshlaydi, uning devorlari tarang bo‘lib, qoladi va ichkaridan hosil bo‘lgan bosimga chidolmay yoriladi. Agar xaltachani og‘zini butunlay bog‘lash o‘rniga shisha nay o‘rnatilsa, uning ichidagi suyuqlik balandligi ichki bosim ta’sirida ko‘tarila boshlaydi. Bu jarayon dastlab tezroq borib, keyinchalik sekinlashadi va to‘xtab qoladi, keyin esa yana pasaya boshlaydi. Chunki Dyutroshe ishlatgan parda (plyonka) yarim o‘tkazgich xususiyatiga ega emas edi.
Bu tajribani 1877 yilda V.Pfeffer o‘simlik hujayrasiga yaqinroq holda o‘tkazgan (13-rasm). Buning uchun u mayda teshikchali chinni silindr ichiga mis kuporosi eritmasini solgan va silindrni sariq qon tuzi K4 [Fe( rN6)] eritmasi ichiga tushirgan. Natijada o‘simlik hujayrasiga yaqinroq yarim o‘tkazgich membrana hosil bo‘lgan. Pfeffer osmotik bosimning qiymati turli sharoitga bog‘liq bo‘lganini shu osmometr yordamida tekshirib, uning eritma konsentratsiyasiga nisbatan to‘g‘ri proporsional ekanligini aniqlagan.

Download 109.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling