Hozirgi vaqtda biologiyaning turli sohalari orasida o‘simliklar fiziologiyasi alohida o‘rin tutadi


Azot. Tabiatda azotning aylanishi


Download 109.64 Kb.
bet14/36
Sana19.06.2023
Hajmi109.64 Kb.
#1606189
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
Bog'liq
Hozirgi vaqtda biologiyaning turli sohalari orasida o

Azot. Tabiatda azotning aylanishi
AZOT. Azot o‘simliklar hayoti uchun eng kerakli elementdir. U hayotiy muhim birikmalar - oqsillar, fermentlar, nuklein kislotalar va boshqa bir qator birikmalar tarkibiga kiradi.
Azot o‘simliklar quruq og‘irligining 1-3% ni tashkil etadi. Tabiatdagi asosiy azot manbasi atmosfera tarkibida bo‘lib, uning umumiy miqdori 75,6% tashkil etadi (56-rasm). Bir kvadrat metr yer ustida 8 tonnagacha azot bor. Lekin yashil o‘simliklar atmosfera tarkibidagi molekulyar azotni bevosita o‘zlashtirolmaydi. Chunki molekulyar azot o‘ta turg‘un bo‘lib, uni faol holga o‘tkazish uchun juda katta energiya sarflash kerak.

N=N

---N---N ---

turg‘un holat

faol holati

Turg‘un holatdagi atmosfera azotini asosan ikki yo‘l bilan faol holatga o‘tkazish umumkin: 1) ximiyaviy, 2) biologik. Kimyoviy yo‘l juda yuqori harorat (5000) va bosim (35 MPa) ostida boradi.
Biologik yo‘l. Tabiatda molekulyar azotni ammiakkacha qaytaruvchi ko‘pgina organizmlar (mikroorganizmlar va ayrim suv o‘tlari) mavjud. Bular azot o‘zlashtiruvchi yoki azotofiksatorlar deb ataladi. Azot o‘zlashtiruvchi mikroorganizmlar ikki guruhga bo‘linadi: 1) erkin yashovchi azotofiksatorlar, 2) o‘simliklar bilan simbioz holida yashovchi azotofiksatorlar. Erkin yashovchi azotofiksatorlar ham o‘z navbatida ikki guruhga bo‘linadi: 1) anaerob azotofiksatorlar, 2) aerob azotofiksatorlar.
Oltingugurt. O‘simliklarda oltingugurtining asosiy birikmalari
Oltingugurt. Oltingugurt o‘simliklar tarkibidagi asosiy mineral elementlardan biridir. Kul tarkibida 2-6% oltingugurt mavjud. U tuproqlarda organik birikmalar shaklida uchraydi. Sulfatlar yaxshi eriydi va oson yuvilib ketadi. Tuproqda anorganik fosfor asosan tuzlar (CaSO4, MgSO4, Na24 va boshqalar) shaklida bo‘lib, eritmada ionlar shaklida yoki tuproq kolloidlariga adsorbsiyalangan bo‘ladi.
Oltingugurt o‘simliklar ildizi orqali asosan -SO4 anioni shaklida o‘zlashtiriladi. Oltingugurtning SO2 yoki H2S shakllari o‘zlashtirilmaydi va o‘simliklar uchun zaharli sanaladi. Ammo o‘simliklarga oltingugurt yetmagan sharoitda ularning buyi past, karlik holatida bo‘lib barglari sarg‘ayadi. Barg tomirlari esa yashil holatda bo‘ladi.

Download 109.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling