Hozirgi vaqtda biologiyaning turli sohalari orasida o‘simliklar fiziologiyasi alohida o‘rin tutadi


Download 109.64 Kb.
bet10/36
Sana19.06.2023
Hajmi109.64 Kb.
#1606189
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36
Bog'liq
Hozirgi vaqtda biologiyaning turli sohalari orasida o

Turgor va plazmoliz. Tirik hujayraga moddalarning kirishida protoplazmaning plazmolemma qavati asosiy vazifani bajaradi. Bu qavat yarim o‘tkazuvchi bo‘lib, suvni yaxshi o‘tkazadi, suvda erigan moddalarning ba’zilarini oson yoki yomon o‘tkazsa, ayrimlarini umuman o‘tkazmaydi.
Agar o‘simlik hujayrasini toza suv ichiga tushirsak hujayra shirasining konsentratsiyasi eritma bo‘lgan va protoplazma suvni osonlik bilan o‘tkazganligi sababli, hujayra suvni tortib ola boshlaydi. Hujayra shirasining osmotik bosimi qancha yuqori bo‘lsa, shuncha kuch bilan suv vakuolaga tortiladi. Suv hujayra po‘sti, plazmolemma, mezoplazma va tonoplast orqali diffuziyalanib, hujayra shirasiga qo‘shila boshlaydi. Bu jarayon hujayrada po‘stning qarshiligi bilan shiraning osmotik bosimi tenglashgancha davom etadi. YA’ni suvning ichkariga kirishi to‘xtaydi. Chunki hujayraning turgor holati sodir bo‘ladi. Tirik hujayra po‘sti to‘la suv bilan ta’minlanishi natijasida tarang turishiga turgor deyiladi. Hujayra po‘sti taranglanishi natijasida hosil bo‘lgan va ichkariga itaradigan kuch turgor bosimi deyiladi.
Suvning o‘simlik hayotidagi ahamiyati, fizik-kimyoviy xossalari
Suvning o‘simlik hayotidagi ahamiyati, fizik-kimyoviy xossalari. O’simliklar suvga bo’lgan talabning juda oz qismini yer o’sti a’zolari (asosan barglari) orqali ta’minlaydilar. Bu asosan yog’ingarchilik va havo namligi yuqori bo’lgan davrlardagina yuz berishi mumkin. Normal o’sish va rivojlanishni ta’minlaydigan asosiy suv miqdori tuproqdan ildiz sistemasi orqali olinadi.
O‘simlik tanasida suv doimiy ravishda uzluksiz almashinib turadi va bu jarayonni suv rejimi deyiladi. U uch bosqichdan iborat:
1. Ildizlarning suv shimishi;
2. Shimilgan suvning o‘simlik tanasi bo‘ylab harakati va organlarga taqsimlanishi;
3. Suvning barglar orqali bug‘lanishi, ya’ni transpiratsiyasi.
Yuqoridagi uchta holat faqatgina yuksak o‘simliklargagina xosdir. Tuban o‘simliklar, masalan, bakteriyalar, tuban zamburug‘lar, ko‘pgina suv o‘tlari va lishayniklar suvni atmosfera havosidan olishi mumkin. Bunda ularning bo‘rtish ko‘rsatkichlari ortadi. Masalan, iste’mol qilsa bo‘ladigan zamburug‘lar va moxlar o‘zlarining quruq muhitdagi og‘irliklariga nisbatan 10 baravar ko‘p suv saqlashlari mumkin.
Barg poyali o‘simliklar esa suv bug‘lantirishdan kutikulalari yordamida himoyalanadilar. Kutikulalar barglar va poyalar yuzasidan suv yo‘qotishga qanchalik qarshilik qilsalar, namgarchilik sharoitida shunchalik darajada suv yutilishiga ham qarshilik qiladilar.
Ma’lumki, o‘simliklar to‘qimalari tarkibining 70-95% suvdan iborat. Suv o‘zining ajoyib xususiyatlari tufayli organizmlar hayot faoliyatida birinchi va boshqa moddalarga tenglashtirib bo‘lmaydigan o‘rinni egallaydi. Ammo uning hujayra tuzilishida va undagi molekulyar darajada boradigan turli metabolik jarayonlardagi o‘rni to‘la o‘rganilmagan.
Suvning butun bir organizmdagi o‘rni turlichadir. Butun yer yuzidagi hayot formalari faqatgina suvli holatdagina mavjud. Shuning uchun ham hujayra tarkibidagi suvning kamayishi, tirik tuzilmalarning tinchlik, ya’ni anabioz holatiga o‘tishiga olib keladi.
O‘simlikning barcha organlarida suv bo‘ladi: bargda-90%, novdada-70-80%, ildizda-50-60%, urug‘da-10%. Vakuolada-98%, sitoplazmada-80%, qobiqda-50% atrofida suv uchraydi.

Download 109.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling