Hozirgi vaqtda biologiyaning turli sohalari orasida o‘simliklar fiziologiyasi alohida o‘rin tutadi
Download 109.64 Kb.
|
Hozirgi vaqtda biologiyaning turli sohalari orasida o
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘kat o‘g‘itlar.
- Barg – fotosintetik organ
- Xloroplastlar
Mahalliy o‘g‘itlar. Mahalliy o‘g‘itlar ichida go‘ng asosiy o‘rinni egallaydi. Uning tarkibida o‘simlik uchun zarur hisoblangan azot, fosfor, kaliy, kalsiy, oltingugurt, magniy va barcha mikroelementlar ham bor. Go‘ng ekinlarga oziq bo‘lishidan tashqari,undagi organik moddalar tuproq strukturasini yaxshilab,unumdorligini oshiradi. Go‘ng solingan yerlarda tuproqning g‘ovakligi oshadi, suv o‘tkazuvchanligi yaxshilanadi, namni uzoq saqlab turadi. Tarkibida organik moddalari kam, og‘ir tuproqli yerlarda uning hajmini oshirishda, suv va havo rejimi hamda mikrobiologik jarayonlarni yaxshilashda go‘ngning roli ayniqsa katta. Mexanik tarkibi yengil tuproqlarda esa uning qovushqoqlik xususiyati yaxshilanadi (E.T.Shayxov va boshqalar, 1990).
Ko‘kat o‘g‘itlar. Bir yerda surunkasiga bir necha yilgacha bir xil o‘simlik o‘stiraverish natijasida tuproqda chirindi moddalar kamayib ketib, uning fizik xususiyatlari yomonlashadi va bu o‘simlik hosilning kamayishiga sabab bo‘ladi. Masalan, bedapoyadan chiqqan yerlarda 4-5 yildan boshlab paxta hosili keskin kamaya boradi. Bunday hollarda tuproq unumdoaligini oshirish maqsadida organik va mineral o‘g‘itlar normasini oshirish bilan bir qatorda ko‘kat o‘g‘itlardan foydalanish eng yaxshi samara beradi. Ko‘kat o‘g‘itlar tuproqni chirindiga boyitadi, uning fizik xususiyatlarini yaxshilaydi. Ko‘kat o‘g‘it sifatida ko‘k no‘xat, no‘xat, burchoq, mosh, qizil, .sebarga, shabdar (eron bedasi) kabi dukakli ekinlar, shuningdek, kuzgi javdar, raps, gorchitsa (xartol),perko kabilar ekiladi. Barg – fotosintetik organ Yashil o‘simliklarning bargi eng muhim organlardan biri bo‘lib, unda fotosintez jarayoni sodir bo‘ladi. Shuning uchun ham barg asosiy fotosintetik organ deb ataladi. Uning hujayraviy tuzilishi transpiratsiya, nafas olish va asosan fotosintezga moslashib tuzilgan (19-rasm). Barg plastinkasining ustki va ostki tomoni po‘st bilan, qoplangan. Qoplovchi to‘qima epidermis bir qator zich joylashgan hujayralardan iborat. Bu hujayralar yupqa po‘stli, rangsiz va tiniq bo‘lib, yorug‘likni yaxshi o‘tkazadi. Po‘st hujayralari orasida joylashgan maxsus juft hujayralar og‘izchalar vazifasini bajaradi. Ularning turgor holati o‘zgarib turishi mumkin (shunga qarab ular o‘rtasidagi teshikcha ochiladi yoki yopiladi). Og‘izchalar ko‘pchilik o‘simliklarda bargning pastki tomonida, ayrimlarida esa ustki tomonida ham bo‘lishi mumkin. Fotosintez jarayonida ana shu og‘izchalar orqali karbonat angidrid yutilib, molekulyar kislorod ajralib chiqadi. Xloroplastlar. Fotosintez jarayoni asosan barglarda va qisman yosh novdalarda sodir bo‘lishining sababi, ularda xloroplastlarning borligidir. O‘simliklarning fotosintetik tizimi xloroplastlarda mujassamlashgan. Xloroplastlar barcha tirik organizmlar uchun kimyoviy energiya manbai - organik moddalarni tayyorlaydi. Bargning har bir hujayrasida o‘rtacha 20-50 gacha va ayrimlarida undan ko‘proq ham xloroplastlar bor. Xlorofill pigmenti xloroplastlarda joylashganligi uchun ular yashil rangda bo‘ladi. Xloroplastlarda fotosintez jarayonining hamma reaksiyalari ro‘y beradi: yorug‘lik energiyasining yutilishi, suvning fotolizi (parchalanishi) va kislorodning ajralib chiqishi, yorug‘likda fosforlanish, karbonat angidridning yutilishi va organik moddalarning hosil bo‘lishi. Shunga asosan ularning kimyoviy tarkibi va strukturaviy tuzilishi ham murakkab xarakterga ega. Xloroplastlar tarkibida suv ko‘p, o‘rtacha 75% ni tashkil etadi. Qolganlari quruq moddadan iborat. Umumiy quruq moddalar hisobida oqsillar 35-55% ,lipidlar 20-30%, qolganini mineral moddalar va nuklein kislotalari tashkil etadi.Xloroplastlarda juda ko‘p fermentlar va fotosintezda ishtirok etadigan hamma pigmentlar joylashgan. Download 109.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling