Hozirgi vaqtda biologiyaning turli sohalari orasida o‘simliklar fiziologiyasi alohida o‘rin tutadi


Download 109.64 Kb.
bet20/36
Sana19.06.2023
Hajmi109.64 Kb.
#1606189
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36
Bog'liq
Hozirgi vaqtda biologiyaning turli sohalari orasida o

Ksantofillar tarkibida kislorod bor va ular asosan sariq rangda ko‘rinadi. Asosiy vakillari lyutein (С40Н56О2) violaksantin (С40Н56О4) va boshqalar (50-rasm). Karotinoidlar xlorofill, benzol, atseton kabi eritmalarda yaxshi eriydi. Yuqori harorat, yorug‘lik va kislotalar ta’sirida yengil parchalanadi.
Fikobilinlar. Suv ostida yashovchi o‘simliklarda xlorofill "a" va karotinoidlardan tashqari maxsus pigmentlar ham borki, ularga fikobilinlar kiradi. Yaxshi o‘rganilganlari fikoeritrin va fikotsianindir.
Fikoeritrin34Н47N4O8) - qizil suv o‘tlarining pigmentidir. Qizil rangga ega. Fikotsianin (C34H42N4O9) ko‘k-yashil suv o‘tlarining pigmenti bo‘lib, ko‘k rangga ega. Fikobilinlar-bu murakkab oqsillardir. Ularning tarkibiga ochiq zanjir holida birlashgan to‘rtta pirol halqasi kiradi. Bu halqalar qo‘sh bog‘lar orqali tutashgan (30-rasm). Ularning molekulasida metall atomi yo‘q. Bu molekulalar oqsillar bilan mustahkam birikma hosil qiladiki, ularni faqat qaynatib yoki kuchli kislota ta’sirida parchalash mumkin.
Fikobilinlar yorug‘lik spektridan ma’lum to‘lqin uzunligiga ega nurlarni yutadi va xlorofill "a" ga yetkazib beradi. Fikoeritrinlar asosan to‘lqin uzunligi 498 nm dan 508 nm gacha, fikotsianinlar -585 nmdan 630 nm gacha bo‘lgan nurlarni yutadilar. Fotosintezning qorong‘ulik bosqichlari
Fotosintezning ikkinchi bosqichi - qorong‘lik bosqichi deyiladi. Chunki bu bosqichda boradigan reaksiyalar yorug‘lik talab qilmaydi va CO2 ning o‘zlashtirilishi bilan xarakterlanadi. Yorug‘lik bosqichining asosiy mahsuloti bo‘lgan ATF va НАДФ.Н2 lar karbonat angidridning o‘zlashtirilib uglevodlar hosil bo‘lishida ishtirok etadi:

Karbonat angidridning o‘zlashtirilishi ham oddiy jarayon emas. U juda ko‘p bioximik reaksiyalarni o‘z ichiga oladi. Bu reaksiyalarning xarakterlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar biokimyoning yangi usullarini qo‘llash natijasidagina olindi.


Hozirgi paytda СО2 ni o‘zlashtirishning bir necha yo‘li aniqlangan: 1) С3-yo‘li (Kalvin sikli), 2) С4-yo‘li (Xetch va Slek sikli) va boshqalar.

Download 109.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling