Fotosintezning kunlik va mavsumiy ritmlari
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan tashqi sharoit omillari fotosintezga birgalikda kompleks holatda ta’sir etadi. Ayniqsa yorug‘lik, harorat va suv miqdori kuchli ta’sir etib, ularning kun davomida o‘zgarishi natijasida fotosintezning kunlik jadalligi xarakterlanadi.
Ertalab quyoshning chiqa boshlashidan fotosintez ham boshlanadi. Kuning o‘rta qismigacha fotosintez jadalligi ortib boradi. Chunki yorug‘likning va haroratning ortib borishi bunga sabab bo‘ladi.Eng yuqori fotosintez kunning o‘rta qismida (soat 12-14 larda) sodir bo‘ladi. Kechga tomon yana fotosintez jadalligi pasayib boradi, bu ham yorug‘likning va haroratning o‘zgarishi asosida sodir bo‘ladi. Fotosintezning bu tipiga bir maksimumli (yoki bir cho‘qqili) deyiladi. Bir cho‘qqili fotosintez ko‘p o‘simliklarda va ayniqsa o‘rta iqlim sharoitlarda sodir bo‘ladi.
Nafas olish haqidagi ta’limotlarning rivojlanishi tarixi. Fotosintez jarayonida hosil bo’lgan shakarlar va boshqa organik moddalar o’simlik hujayralarining asosiy oziq moddalari hisoblanadi. Bu organik moddalar tarkibida ko’p miqdorda kimyoviy energiya to’planib, nafas olish jarayonida ajralib chiqadi va hujayradagi barcha sintez reaksiyalarini energiya bilan ta’minlaydi. o’simliklar hujayralarida boradigan oksidativ reaksiyalar organik moddalarning kislorod ishtirokida anorganik moddalarga (CO2 va H2O) parchalanishi va kimyoviy energiya ajralib chiqish jarayoniga nafas olish deyiladi. Bu jarayonning sxematik tenglamasini quyidagicha ko’rsatishimiz mumkin: Tirik organizmlarda boradigan nafas olish jarayonida kislorodning rolini dastlab XVIII asrning oxirlarida fransuz olimi A.L.Lavuaze ilmiy asoslab bergan edi. U o’zining 1773-1783 yillarda o’tkazgan bir qator tajribalarida nafas olish va yonish jarayonlarining o’xshashligini isbotlab berdi. U nafas olishda ham, xuddi yonishdagidek atmosferadan kislorod yutiladi va atmosferaga karbonat angidrid ajralib chiqadi, deb ta’kidladi. A.L.Lavuaze o’z kuzatishlariga asoslanib, nafas olish bu kislorod yordamida organik moddalarning juda ham sekinlik bilan yonishidir degan xulosaga keldi. Taxminan shu vaqtlarda (1777) Sheyele urug’lar bilan o’tkazgan tajribalari asosida, unayotgan urug’ solingan yopiq idishda kislorodning miqdori kamayib, CO2 miqdorini ko’payganini aniqladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |