Hozirgi vaqtda biologiyaning turli sohalari orasida o‘simliklar fiziologiyasi alohida o‘rin tutadi


Download 109.64 Kb.
bet31/36
Sana19.06.2023
Hajmi109.64 Kb.
#1606189
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
Hozirgi vaqtda biologiyaning turli sohalari orasida o

Embrional-o‘sishning boshlang‘ich fazasi hisoblanadi. O‘simliklarning o‘sish nuqtalarida (ildizning o‘sish nuqtasi -1,0 sm, poyasining o‘sish nuqtasi - 4-30 sm) birlamchi meristema - embrional to‘qima joylashgan. Bu to‘qimani hosil qiluvchi hujayralar ancha mayda, po‘stlari juda yupqa bo‘lib, o‘rtasida yirik yadroga ega protoplazma bilan to‘lgan bo‘ladi. Vakuolalari bo‘lmaydi. Hujayraning embrional fazasida massaning ko‘payishi asosiy jarayon hisoblanadi. Lekin hujayraning kattaligi deyarli o‘zgarmaydi, chunki yangi hujayra ona hujayra hajmiga yetganda darhol bo‘lina boshlaydi. Embrional fazaga o‘sish konuslaridan tashqari, hosil qiluvchi to‘qimalar poya va ildizning eniga o‘sishini ta’minlovchi meristema to‘qimasining hujayralari ham kiradi. Chunki bu meristema hujayralari ham to‘xtovsiz bo‘linish va yosh hujayralar hosil qilish qobiliyatiga ega. Bu yosh hujayralarning bittasi meristema holida saqlanadi, ikkinchisi esa differensiyallanish bosqichiga o‘tadi.


O‘sish xillari
O‘simliklarning hayvonlardan eng muhim farqi shundaki ular butun ontogenezi davomida o‘sadi. Oliy, ko‘p hujayrali o‘simliklarning o‘sishi hujayralarning bo‘linishi va o‘sishi, yangi organlar va to‘qimalarning hosil bo‘lish jarayonlarining yig‘indisidan iborat. O‘simliklarning o‘sishi embrional to‘qimalarda - meristemada sodir bo‘ladi,chunki u yerda hamma hujayra bo‘linish xususiyatiga ega. Poya va ildizlarning bo‘yiga o‘sishini ta’minlovchi meristema ularning uchki qismlarida joylashgan bo‘ladi (78-rasm). Ildizlarning o‘sishi ularning uchida, 1 sm dan oshmaydigan juda kalta qismida sodir bo‘ladi. Bu qismi odatda ildiz qini bilan muhofaza qilinadi. Poyalarning o‘suvchi qismi,ildizga nisbatan ancha uzun 2-30 sm gacha bo‘ladi. Poya va ildizlar butun ontogenezi davomida o‘sadi. Masalan, daraxtlar bir necha yuz va ming yillargacha ham o‘sadi.
O‘sishga tashqi sharoit omillarning ta’siri
O‘simliklarning o‘sishiga tashqi sharoitning juda ko‘p omillari ta’sir etadi. Chunki o‘simliklarning yaxshi o‘sishi uchun yetarli darajada harorat, yorug‘lik,namlik, gazlar tarkibi, mineral oziqlanish va boshqalar talab etiladi.
Harorat. O‘simliklarning o‘sishiga eng faol ta’sir etadigan omillardan biri haroratdir. Ko‘pchilik o‘simliklarning o‘sish tezligi harorat O dan 350C gacha o‘zgarganda Vant-Goff qonuniga buysunadi. Lekin harorat 35-40 С0 dan oshgandan keyin o‘sish tezligi ham pasayadi. Umuman o‘sishga nisbatan ham haroratning uchta kardinal nuqtasi bor: 1) minimal, 2) optimal, 3) maksimal. Bu nuqtalar darajasi o‘simliklarning turlariga bog‘liq.

Download 109.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling