Hozirgi vaqtda biologiyaning turli sohalari orasida o‘simliklar fiziologiyasi alohida o‘rin tutadi


Download 109.64 Kb.
bet34/36
Sana19.06.2023
Hajmi109.64 Kb.
#1606189
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
Hozirgi vaqtda biologiyaning turli sohalari orasida o

O’simliklarning harakatlari
O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi evolyutsiya davomida muhim bir joyda o‘tganligi sababli ularda bir qancha hayotiy harakatlanish mexanizmlari vujudga kelgan. Bu hol o‘z navbatida ularning quyosh nurlaridan va tuproq oziqasidan keng foydalanishga va yashash uchun kurashga yordam beradi.
O‘simliklarning harakatlanish usullari. Ma’lumki, o‘simliklar evolyutsiya jarayoni mobaynida o‘troq yashashga moslashgandir. Shuning uchun ularning o‘suvchi organlari tashqi ta’sirlarga o‘z harakatlari bilan javob reaksiyalarini beradi.
Harakatlanish - bu organizm yoki uning qismlarining tuproq va havo muhitida siljishidir. Metabolik energiya sarflanishi bilan boradigan faol harakatlanish barcha organizmlar uchun xosdir. O‘simliklarning faol harakatlanishi xuddi hayvonlardagi kabi oziqlanish, himoyalanish va ko‘payish uchun zarurdir. Ko‘pchilik o‘simliklarning harakatlanishi juda ham sekin borganligi sababli ularni ko‘z bilan ilg‘ash qiyin. O‘simliklarning tepa novdalari va ildiz uchlari aylanma (nutatsiya) harakatlanadi. Shuningdek novdalar va barglar quyosh nurlari tomonga intiladi (tropizmlar). Gullarning ochilishi va yopilishi tun va kunning almashishiga (nastiyalar) bog‘liq. Ushbu barcha holatlarni seytrafer pribori yordamida kuzatish mumkin. Masalan mimozalar, uyatchanlar, hashororxo‘rlar va boshqalarning harakatlanishi xuddi hayvonlardagi kabi o‘ta tez ro‘y beradi. Shuningdek hujayra ichkarisidagi sitoplazma va organoidlarning harakatlanishi, bir hujayralilarning xivchinlar va kiprikchalar yordamida harakatlanishi ham juda tez sodir bo‘ladi.
O’simliklarning o’suvchi organlari tashqi ta’sir natijasida egilishi, yotib qolishi va yangidan yana o’sishi mumkin. Bu ulardagi harakatlar natijasidandir. O’sish harakatlari bir necha xil bo’ladi:
1) tropizmlar, 2) nastik harakatlar, 3) nutasiya harakatlari va boshqalar.
Tropizmlar. Tropizm harakatini o’simliklarga bir tomonlama ta’sir qiladigan tashqi sharoit omillari vujudga keltiradi. Tropizm grekcha so’z bo’lib, («tropos») burilish ma’nosini bildiradi. Tabiatda tropizm harakatlariga ko’plab misol keltirish mumkin. Ularning asosiy sababi shundaki poya, ildiz va barg o’suvchi qismlarining bir tomonidagi hujayralar tezroq cho’ziladi va o’sadi. Hujayralarning bunday tez o’sishiga fitogormonlar (ISK, ABK) sababchi bo’ladi. Bu o’stiruvchi moddalar ishtirokida o’suvchi organning tezroq o’sgan tomoni tashqariga qarab qubbasimon bo’lib chiqadi, o’sish sekinlashgan tomoni ichiga qarab bukiladi va o’simlik organi o’sish sekinlashgan tomonga egiladi. Tropizmlar musbat va manfiy bo’ladi. Ta’sir etuvchi manbaga qarab yo’nalgan harakatga musbat, manbadan qochuvchi harakatga manfiy deyiladi.
G eotropizm – o’simliklarning yerning tortish kuchiga asosan o’sish harakatidir. Ya’ni urug’ yerga qanday tushishidan qat’iy nazar uning poyasi yer o’stiga ildizi pastga qarab o’sadi. Bunda pastga qarab o’sadigan ildizlarda musbat geotropizm, yuqoriga qarab o’sadigan poyada manfiy geotropizm mavjud. Shu tufayli ildiz tuproq ichiga kirib undan suv va oziqa moddalarni suradi, poyasi esa yer o’stiga chiqadi va barglari yordamida yorug’lik energiyasidan foydalanadi.

Barg plastinkasining quyosh nurlariga perpendikulyar ravishda joylanish qobiliyatiga diafototropizm deyiladi. Umuman dorzoventral tuzilishga ega bo’lgan organlar, ya’ni ustki va ostki tomonlari farq qiladigan (barglar) organlar diafototropizmga, radial tuzilishdagi o’q organlar esa – musbat yoki manfiy fototropizmga ega bo’ladilar.



Download 109.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling