Hozirgi vaqtda biologiyaning turli sohalari orasida o‘simliklar fiziologiyasi alohida o‘rin tutadi


Hujayra ichki harakatlari. Yuqoriga o‘sish


Download 109.64 Kb.
bet33/36
Sana19.06.2023
Hajmi109.64 Kb.
#1606189
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
Hozirgi vaqtda biologiyaning turli sohalari orasida o

Hujayra ichki harakatlari. Yuqoriga o‘sish
O‘simlik hujayrasining sitoplazmasi doimiy harakatda bo‘ladi. Hujayra ichki va tashqi ta’sirlarga o‘z sitoplazmasining harakatlanishi yordamida javob beradi. Sitoplazmaning bir necha xil harakatlanishlari farqlanadi. Masalan, tebranuvchan (spirogiradagi kabi hujayra komponentlarining tartiblashmagan harakatlari), aylanma harakat (tradeskansiya va boshqa o‘simliklar hujayralaridagi kabi vakuolani kesib o‘tuvchi protoplazmaning ipsimon-naysimon hosilalari tufayli), rotatsion harakatlar (xara o‘simligiga uxshash suv o‘tlarining bo‘g‘im oraliqlari hujayralari katta vakuolasi tufayli), fontansimon harakatlar (ildiz tukchalaridagi kabi yuqoriga o‘suvchi hujayralarda), xuddi zamburug‘lar giflarining uning o‘sish tomoniga harakatlanishi yani quyilish tipida bo‘lishi mumkin.
O‘simliklarning sitoplazmasida muskullar tarkibida uchramaydigan aktin va miozin mavjud. Sitoplazmaning harakatlanishiga mikrofilamentlarning xossalari sabab bo‘ladi. Har bir 50-100 dona mikrofilamentlar birikib, diametri 5-6 nm bo‘lgan va tarkibida F-aktin tutgan fibrilalarni hosil qiladi. Faol filamentlar, ATFaza faolligiga ega miozinning endoplazma bilan kompleksi ishtirokida faoliyat ko‘rsatadi.
Hozirgi vaqtda sitoplazmani harakatlantiruvchi kuch sifatida aktin mikrofilamentlarining ektoplazma mikronaychalari bilan o‘zaro ektop- va endoplazmalar orasidagi bog‘lar tufayli bo‘ladi deb qaraladi.
Yuqoriga o‘sish. Tuproq va havoda ildiz tukchalarining, changchi naychalarining, zamburug‘ giflarining va moxlar protonemalarining harakatlanishi yuqorigi o‘sish tufayli yuzaga chiqadi. Bu yuqori darajada qutblangan o‘sish tipi bo‘lib unda hujayralarning o‘qiga nisbatan qatiy ravishda hujayra devorlari bo‘ylab moddalar sintezi ro‘y beradi. Yuqoriga o‘suvchi hujayralarning uchki qismida turli elektron zichligiga ega bo‘lgan vezikulalar, Golji apparati va Endoplazmatik retikulum hosilalari joylashgandir. Hujayraning boshqa organoidlari uning ushbu uchki qismidan birmuncha nariroqda joylashgandir.
Hujayralarning uchki o‘suvchi qismiga xos xususiyatlardan biri bu sitoplazmada mikronaychalarning gumbazchasimon uchining yo‘qligidir. Ular hujayraning silindrik qismida paydo bo‘ladi. Yuqoriga o‘sishning asosiy ishtirokchilaridan biri bu maxsus shiraning ajralishidir. Ushbu shiraning ajralishi esa Ca2+ ionlarining miqdoriga bog‘liqdir. Masalan tradeskansiya o‘simligi changchi naychalarining o‘sishi uchun Ca+ miqdori 0,1-1,0 mk mol/l oralig‘ida bo‘lishi lozim.

Download 109.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling