Hozirgi vaqtda biologiyaning turli sohalari orasida o‘simliklar fiziologiyasi alohida o‘rin tutadi


Nafas olishda ichki omillarning ta’siri


Download 109.64 Kb.
bet28/36
Sana19.06.2023
Hajmi109.64 Kb.
#1606189
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
Bog'liq
Hozirgi vaqtda biologiyaning turli sohalari orasida o

Nafas olishda ichki omillarning ta’siri
O‘simliklarning har xil turlari va ekologik formalari turli intensivlikda nafas oladi. Yorug‘likni sevuvchi o‘simliklarning nafas olishi ntensivligi soyaga chidamlilarga juda yuqori bo‘lishi bilan ajralib turadi. Shimoliy o‘simliklar janub o‘simliklariga nisbatan sezilarli darajada yuqori intensivda nafas oladi. O‘simlikning tinim xolatidagi organlari va o‘sishdan to‘xtagan organlar past intensivda nafas oladi. Past nafas olish intensivligi qoplovchi to‘qimalarda, qoplamaning o‘tkezuvchi to‘qimalarida kuzatiladi.
Hosilni saqlashda nafas olishning ahamiyati
Don meva va sabzavotlarni saqlashda nafas olishning ahamiyati. O’simliklarning nafas olish jarayoni ulardagi modda almashinuvining muhim qismini tashkil etib, o’sish, rivojlanish va hosildorlikning asosini tashkil etganidek, yetishtirilgan mahsulotlarni uzoq muddatga va sifatli saqlash nafas olish tezligini boshqarishga asoslangan.
Mahsulotlarni saqlashda nafas olish jadalligi qancha past bo’lsa, organik moddalarning miqdori shuncha kam sarflanadi va ular sifatli saqlanadi. Nafas olish jadadligining darajasi eng avvalo harorat va namlik miqdoriga bog’liq.
Donlarning tarkibidagi suv miqdorini va ular saqlanadigan omborlar haroratini boshqarish katta ahamiyatga ega.
Nafas olish o‘z-o‘zini boshqaruvchi jarayon
Nafas olishni almashinuvining boshqa jarayonlari bilan o‘zaro bog‘liqligi. Nfas olish xujyrametobolizmining markazida turuvchi jarayondir va almashinuvni boshqa jarayonlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Fotosintez va nafas olish qarama-qarshi jarayonlar bo‘lsa ham, turli xil xujayra organoidlarda o‘tadi, biroq ular o‘rtasida bog‘liqlik mavjud. Nafas olish uchun substratlar (uglevodlar) zarur. Bu substratlar fotosintez jarayonida hosil bo‘ladi. Kelvin siklidagi fotosintetik reaksiyalar nafas almashinuvining pentozafosfat yo‘lini reaksiyalari bilan o‘xshashligi bor. Ikkala jarayonda qant moddalarining o‘zaro o‘zgarishi sodir bo‘ladi (3-, 4-, 5-, 6-, 7-, uglerodli atomlar). Nafas olishning oraliq mahsulotlari fotosintez jarayonida ishlatilishi mumkin.

Download 109.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling