Hozirgi vaqtda biologiyaning turli sohalari orasida o‘simliklar fiziologiyasi alohida o‘rin tutadi


Download 109.64 Kb.
bet24/36
Sana19.06.2023
Hajmi109.64 Kb.
#1606189
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
Bog'liq
Hozirgi vaqtda biologiyaning turli sohalari orasida o

Nafas olish koeffisiyenti
O’simliklarning nafas olish jarayonida ajralib chiqqan karbonat angidridning yutilgan kislorodga bo’lgan nisbati nafas olish koeffisiyenti (NK) deyiladi:
NK=nCO2/nO2
Biologik oksidlanish jarayonida uglevodlardan tashqari boshqa organik moddalar (yog’lar, yog’ kislotalari, oqsillar va boshqalar) ham ishtirok etishi mumkin. Shuning uchun nafas olish jarayonida ishtirok etadigan organik modda turiga qarab nafas olish koeffisiyentining darajasi ham har xil bo’ladi.
Nafas olish jarayonida uglevodlar ishlatilsa – koeffisiyent birga teng bo’ladi: C6H12O6+6O2→6CO2+6H2O+energiya
NK=6CO2/6O2 = 1
Chunki bir molekula glyukozaning oksidlanishi uchun olti molekula kislorod yutiladi va olti molekula karbonat angidrid ajralib chiqadi.

Nafas olish ximizmi

Nafas olishning sxematik tenglamasi bu murakkab fiziologik jarayonni to’la xarakterlay olmaydi. Chunki juda ko’p oraliq reaksiyalar sodir bo’ladi. Natijada kimyoviy energiya oz-ozdan ajralib chiqadi va o’zlashtiriladi. O’zlashtirilmay qolganda esa issiqlik energiyasiga aylanadi va tarqaladi.


Nafas olishda organik moddalarning kislorod yordamida anorganik moddalarga parchalanishi mazkur jarayonning o’ziga xos xususiyatlari borligini ko’rsatadi. Chunki organizmdan tashqarida bu organik moddalar molekulyar kislorod bilan reaksiyaga kirishmaydi.
Nafas olish jarayonining o’ziga xos xususiyatlarini aniqlab nafas olish ximizmining xozirgi zamon tushunchasiga asos solgan olimlar: A.N.Bax, V.I.Palladin va S.P.Kostichevlar hisoblanadilar.
A.N.Baxning peroksid nazariyasi. 1897 yilda A.N.Bax biologik oksidlanishning peroksid nazaryasini ishlab chiqdi. Unga ko’ra atmosferadagi molekulyar kislorod inert holatida bo’lib, organik moddalarni oksidlay olmaydi. Buning uchun uning tarkibidagi qo’sh bog’ning bittasi o’zilishi va faol holatga o’tishi zarur:
O = O - O- O-
Inert kislorod Faol kislorod
Kislorod oson oksidlanuvchi modda (A) bilan birikib qo’sh bog’dan bittasi o’ziladi va peroksid (AO2) hosil qiladi:

Download 109.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling