Hozirgi vaqtda biologiyaning turli sohalari orasida o‘simliklar fiziologiyasi alohida o‘rin tutadi


O‘simliklarda moddalar transportining asosiy yo‘nalishlari


Download 109.64 Kb.
bet29/36
Sana19.06.2023
Hajmi109.64 Kb.
#1606189
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36
Bog'liq
Hozirgi vaqtda biologiyaning turli sohalari orasida o

O‘simliklarda moddalar transportining asosiy yo‘nalishlari
O‘simliklar tanasida sodir bo‘layotgan hayotiy jarayonlarning eng muhim ko‘rsatgichlaridan biri moddalarning harakatidir (transporti). Ayrim organlarda hosil bo‘lgan yoki shimib olingan birikmalarning boshqa organlarga siljishi, o‘tishi va taqsimlanishi natijasida barcha fiziologik jarayonlarning o‘zaro birligi ta’minlanadi. Bunday transport o‘z navbatida o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorlik darajasini xarakterlaydi.
O‘simliklarda moddalar transporti asosan ikki yo‘nalishda sodir bo‘ladi. Pastdan yuqoriga va yuqoridan pastga yo‘naladilan oqimlar mavjud. O‘simliklar ildizi orqali qabul qilgan suv va unda erigan mineral moddalarning pastdan yuqoriga qarab harakati tanadagi ksilema naylari bo‘ylab sodir bo‘ladi. Barglarda fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik moddalar flo­ema naylari bo‘ylab pastga yo‘naladi.
Ksilemalardagi tashiluv
Ksilemaning tuzilishi va suv va mineral moddalarning ksilema tashiluvining mexanizmi botanika kursidan va ushbu qо‘llanmaning avvalgi boblarida keng yoritilgandir. Shuning uchun ushbu qismda umumiy hollar va ayrim qо‘shimcha ma’lumotlar beriladi xolos.
Ksilema shirasining tarkibi. Ksilema shirasining tarkibini asosan anorganik moddalar tashkil qiladi. Ammo ayrim hollarda ksilema shirasi tarkibida aminokislotalar, amidlar va alkaloidlar hamda shu kabi azotli birikmalar, organik kislotalar, fosfororganik efirlar, tarkibida oltingugurt saqlovchi birikmalar, ayrim miqdorda qand moddalari va kо‘p atomli spirtlar hamda fitogormonlari ham uchraydi.
Ksilema shirasida о‘z rivojlanishini tugatayotgan traxeidlar vakuolalari hamda sitoplazmasidan о‘tgan anchagina murakkab moddalar ham uchrashi mumkin. Ammo, ksilema shirasida saxaroza deyarli uchramagani holda rloemadagi uning miqdori 450-470 mM/1 bо‘lishi mumkin.
O‘simliklar o‘sishining o‘ziga xos xususiyatlari
O‘simliklar ontogenezini xarakterlovchi eng muhim jarayonlar o‘sish va rivojlanishdir. Ular o‘simlik tanasidagi barcha hayotiy reaksiyalarning natijasi hisoblanadi, bu jarayonllar bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lib, faqat o‘sish asosida rivojlanish va rivojlanish asosida o‘sish xarakterlanadi. Natijada ikkalasi o‘simlikning hayotiy siklini belgilaydi. Biroq ayni vaqtda o‘sish va rivojlanish bir-biridan farq ham qiladi.
O‘sish-bu o‘simliklar bo‘yi va eni tobora ortib, umumiy massaning oshishidir. Bunday o‘sish orqasiga qaytmaydi. Chunki yangidan-yangi hujayralar,to‘qimalar va organlar vujudga kelib, protoplazma va undagi organoidlar (xloroplastlar,mitoxondriyalar va boshqalar) to‘xtovsiz shakllanib turadi.
Rivojlanish-o‘simlikning hayotiy siklini (ontognezini) xarakterlovchi yoshlik, voyaga yetish ko‘payish,qarish va o‘lish arafalaridagi sifatiy morfologik va fiziologik o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Bu jarayonlarning o‘zaro nisbati o‘zgarib turishi mumkin. Masalan, ayrim o‘simliklarda o‘sish ancha faol, rivojlanish esa juda sekin borishi, boshqalarida aksincha bo‘lishi mumkin. O‘sish juda faol kechadigan o‘simliklar tanasi odatda yirik,o‘sish sekin va rivojlanish faol bo‘lgan o‘simliklar aksincha karlik (kichik) bo‘ladi. Bunday o‘zgarishlar o‘simlik turlariga, navlarning xususiyatlariga, ichki va tashqi omillarning ta’siriga bog‘liq.

Download 109.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling