Hozirgi vaqtda biologiyaning turli sohalari orasida o‘simliklar fiziologiyasi alohida o‘rin tutadi
Download 109.64 Kb.
|
Hozirgi vaqtda biologiyaning turli sohalari orasida o
Hujayralarning o‘sish fazalari
O‘simlikning o‘sishi uni tashkil qiladigan hujayralarning ko‘payishi va o‘sishidan iborat. O‘simliklarning vegetativ organ hujayralari va gameta hosil qiluvchi hujayralar mitoz yo‘li bilan bo‘linish natijasida har bir hujayradan ikkita hujayra hosil bo‘ladi. Mitoz meristema hujayrasi hayot siklining asosiy bosqichi bo‘lib bo‘linishiga qobiliyatli barcha hujayralar uchun xos xususiyatdir. Bunday hujayralar ketma-ket, interfaza, profaza, metafaza, anafaza va telofaza bosqichlarini o‘taydi (72-rasm). Interfazada yadro tinch tursada, unda murakkab bioximik tayyorgarlik boradi. Xromosomalar tarkibiga kiruvchi nuklein kislotalari, gistonlar ikki barobar ortadi. Mitoz uchun zarur energiya materiallari to‘planadi. Interfazada muhim jarayon- xromosomalarning qayta juftlanishi boradi. Mitozning birinchi fazasi profaza bo‘lib, unda yadro yiriklashadi. Hujayradagi organoidlar yadrodan uzoqlashadi. Interfazadagi yozilgan holatdagi xromosoma iplari spirallanib yo‘g‘onlashadi. Profaza oxirida yadro membranasi asosiy plazmaga qo‘shilib ketadi, yadrocha saqlanib qoladi. Nukleoplazma hujayra sitoplazmasiga qo‘shiladi. Profaza oxirida xromosoma iplari aniq va qo‘sh qavat bo‘lib ko‘rinadi. Sentriollalar hujayraning ikki qutbiga tomon ketadi. Lekin o‘simlik hujayrasida sentriollar (hayvon hujayrasidan farqli) bo‘lmaydi. Ularning vazifasini hujayra qutblarida to‘plangan endoplazmatik to‘r membranalari bajaradi. Cho‘zilish fazasining oxirida hujayra po‘stida lignin moddasining to‘planishi kuchayadi, fenol birikmalari kabi ingibitorlar va abssiz kislotasi to‘planadi, peroksidaza va ISK oksidazalar faolligi ortadi, auksinlar miqdori kamayadi. Hujayralarning differensiallanishi ular o‘rtasidagi sifatiy yangi belgilarning hosil bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Har bir hujayra maxsus vazifani bajaruvchi to‘qimalar gruppasiga ajraladi: asosiy parenxima, o‘tkazuvchi, mexanik, qoplovchi va boshqalar. Natijada har bir voyaga yetgan hujayra o‘simlik tanasida ma’lum fiziologik yoki boshqa funksiyalarni bajaradi. Hujayralarning o‘sish sikli (ontogenezi) ham bir qancha fazalardan iborat. embrional, 2) cho‘zilish, 3) differensiallanish, 4) qarish va o‘lish (73-rasm). Download 109.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling