Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


XIV bob. ODIL SUDLOVGA TAJOVUZ QILUVChI HUQUQBUZARLIKLAR UChUN MA’MURIY JAVOBGARLIK


Download 0.5 Mb.
bet135/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

XIV bob. ODIL SUDLOVGA TAJOVUZ QILUVChI HUQUQBUZARLIKLAR UChUN MA’MURIY JAVOBGARLIK
180-modda. Sudga hurmatsizlik qilish
Guvoh, jabrlanuvchi, da’vogar, javobgar, ishda qatnashuvchi boshqa shaxslarning sudga kelishdan qasddan bo‘yin tovlashida yoki mazkur shaxslarning va boshqa fuqarolarning raislik qiluvchi farmoyishiga bo‘ysunmasligida yoxud sud majlisi paytida tartibni buzishda o‘z ifodasini topgan sudga hurmatsizlik —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(180-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
181-modda. Sudning xususiy ajrimi (qarori) bo‘yicha choralar ko‘rmaslik
Mansabdor shaxs tomonidan sud chiqargan xususiy ajrimni (qarorni) ko‘rib chiqmaslik yoxud ajrimda (qarorda) ko‘rsatilgan qonunni buzish hollarini bartaraf etish choralarini ko‘rmaslik, xuddi shuningdek xususiy ajrimga (qarorga) o‘z vaqtida javob bermaslik —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(181-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Jinoyat-protsessual kodeksi 271-moddasining sakkizinchi xatboshisi, 298, 299-moddalari.
182-modda. Xalq maslahatchisining sudga borishiga to‘sqinlik qilish
Mansabdor shaxsning xalq maslahatchisi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun sudga borishiga to‘sqinlik qilishi —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(182-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling