Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


-modda. Davlat mehnat inspeksiyasining mansabdor shaxslari


Download 0.5 Mb.
bet224/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

255-modda. Davlat mehnat inspeksiyasining mansabdor shaxslari
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat mehnat inspeksiyasining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 49, 492, 493, 50, 501, 51 va 229-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi.
(255-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 22-yanvardagi O‘RQ-603-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son — 2020-yil 24-apreldan kuchga kiradi)
Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga quyidagilar haqlidir:
Oldingi tahrirga qarang.
mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikni va aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun — mehnat bo‘yicha davlat inspektorlari, mehnat bo‘yicha davlat huquqiy inspektorlari;
(255-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mehnatni muhofaza qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun — mehnat bo‘yicha davlat inspektorlari, mehnat bo‘yicha davlat texnik inspektorlari, mehnat sharoitlari bo‘yicha davlat ekspertlari.
(255-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
256-modda. Mudofaa vazirligi organlari
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi organlariga ushbu Kodeksning 125-moddasida, 1251-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281, 1282-moddalarida, 1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 1351, 138, 139, 140, 141-moddalarida (transport vositalarining haydovchilari — harbiy xizmatchilar va yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan) hamda 235, 236-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
(256-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-734-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/734/1113-son)
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo qo‘llanishga haqlidirlar:
ushbu Kodeksning 235, 236-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlari boshliqlari va tuman (shahar) muqobil xizmat bo‘limlari boshliqlari;
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu Kodeksning 125-moddasida, 1251-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281, 1282-moddalarida, 1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 1351, 138, 139, 140, 141-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — harbiy avtomobil inspeksiyasining boshlig‘i, katta inspektori.
(256-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-734-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/734/1113-son)
Transport vositalarining haydovchilari — harbiy xizmatchilar va yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar sodir etgan huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi bayonnomalar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda belgilab qo‘yadigan tartibda harbiy avtomobil inspeksiyasiga yuboriladi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling