Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


Download 0.5 Mb.
bet228/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

2611-modda. Davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi organlariga ushbu Kodeks 77-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 78-moddasida, 79-moddasida (o‘rmon fondi yerlariga oid qismida), 80, 83-moddalarida, 84-moddasida (o‘rmon fondi yerlariga oid qismida), 90-moddasining birinchi qismida (o‘rmon fondi yerlariga oid qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima solish tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga quyidagilar haqli:
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining bosh davlat inspektorlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining, viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalarining davlat inspektorlari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravarigacha miqdorda;
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining davlat inspektorlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining, viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalarining, davlat o‘rmon xo‘jaliklarining, davlat o‘rmon-ov xo‘jaliklarining, ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaliklarining, davlat o‘rmon ishlab chiqarish korxonalarining davlat inspektorlari va milliy tabiat bog‘larining xodimlari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga.
(2611-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 29-sentabrdagi O‘RQ-639-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2020-y., 03/20/639/1342-son)
262-modda. Bojxona organlari
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona organlariga ushbu Kodeksning 227, 2271, 2272, 2273, 2275, 2276, 2277, 22710, 22711, 22712-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
(262-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-yanvardagi O‘RQ-666-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son — 2021-yil 16-apreldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona organlarining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari bojxona organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima tariqasidagi ma’muriy jazo chorasini qo‘llashga haqlidir.
(262-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
LexUZ sharhi
262-moddaga O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 4-oktabrdagi O‘RQ-720-sonli Qonuniga asosan o‘zgartirish kiritilgan — 2022-yil 6-yanvardan kuchga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
263-modda. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi organlari
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi organlariga ushbu Kodeks 151-moddasining birinchi qismida, 152-moddasining birinchi qismida, 153, 154, 156-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i, shuningdek mazkur davlat inspeksiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo‘linmalari boshliqlari ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga haqlidir.
(263-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
Oldingi tahrirga qarang.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling