Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


Download 0.5 Mb.
bet282/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

32429-modda. Sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish asoslari
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish asoslari quyidagilardan iborat:
1) sud hujjati qabul qilingan paytda mavjud bo‘lgan, lekin arizachiga ma’lum bo‘lmagan va ma’lum bo‘lishi mumkin bo‘lmagan, ish uchun muhim holatlar;
2) sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan va mazkur ish bo‘yicha qonunga xilof yoki asoslantirilmagan sud hujjati qabul qilinishiga sabab bo‘lgan ekspertning bila turib yolg‘on xulosa berganligi, guvohning bila turib yolg‘on ko‘rsatuvlar berganligi, bila turib yolg‘on tarjima qilinganligi;
3) sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi bilan aniqlangan holatlar, ya’ni ishda ishtirok etuvchi shaxsning yoki uning vakilining yoxud sudyaning mazkur ishni ko‘rish chog‘ida sodir etilgan jinoiy qilmishlari;
Oldingi tahrirga qarang.
4) jinoyat ishlari bo‘yicha sudning yoki fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning yoxud iqtisodiy sudning mazkur ish bo‘yicha sud hujjatini qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan hujjati yoki boshqa organning qarori yoxud boshqa huquqiy hujjati bekor qilinganligi.
(32429-moddaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-665-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/665/0015-son)
32430-modda. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani berish tartibi va muddati
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza ushbu sud hujjatini qabul qilgan sudga sud hujjatini qayta ko‘rish uchun asos bo‘ladigan holatlar ochilgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay ishda ishtirok etuvchi shaxslar yoki prokuror tomonidan beriladi.
Arizaning va unga ilova qilingan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlar arizaga ilova qilinadi.
Ariza berishning o‘tkazib yuborilgan muddati ariza bilan murojaat qilgan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha, agar iltimosnoma qayta ko‘rish uchun asos bo‘ladigan holatlar ochilgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay berilgan bo‘lsa va sud muddatni o‘tkazib yuborish sabablarini uzrli deb tan olsa, sud tomonidan tiklanishi mumkin.
Sud hujjatlari chiqarilgan paytdan e’tiboran bir yil o‘tgach berilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling