Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


BEShINChI BO‘LIM MA’MURIY JA3O QO‘LLANISh TO‘G‘RISIDAGI QARORLARNI IJRO ETISh


Download 0.5 Mb.
bet285/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

BEShINChI BO‘LIM
MA’MURIY JA3O QO‘LLANISh TO‘G‘RISIDAGI QARORLARNI IJRO ETISh

XXV bob. ASOSIY QOIDALAR
325-modda. Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qaror ijrosining majburiyligi
Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qarorni korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar ijro etishi majburiydir.
326-modda. Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishga qaratish
Oldingi tahrirga qarang.
Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qaror, basharti ushbu Kodeksda va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchiligida o‘zgacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, chiqarilgan paytdan boshlab ijro etilishi lozim.
(326-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qaror ustidan apellatsiya tartibida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda bu qaror berilgan shikoyat yoki bildirilgan protest qanoatlantirishsiz qoldirilgandan keyin ijro etilishi kerak. Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o‘zida undirib olinadigan jarima solish to‘g‘risidagi qaror bundan mustasnodir.
(326-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-665-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/665/0015-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jarima solish to‘g‘risidagi qaror uni ixtiyoriy ravishda bajarishning ushbu Kodeksning 332-moddasida belgilangan muddati o‘tib ketganidan keyin majburiy ravishda ijro etiladi.
(326-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qaror uni chiqargan organ (mansabdor shaxs) tomonidan ijro etishga qaratiladi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling