Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


Download 0.5 Mb.
bet280/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

32423-modda. Sud hujjatini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asoslar
Sud hujjatining noqonuniyligi, asoslantirilmaganligi va adolatsizligi sud hujjatini kassatsiya tartibida o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
Sudning mazmunan to‘g‘ri bo‘lgan hujjati faqat birgina yuzaki asoslarga ko‘ra bekor qilinishi mumkin emas.
32424-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi
Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) ajrimni qabul qilgan sudning nomi va tarkibi;
Oldingi tahrirga qarang.
2) sud ishining raqami, ajrim qabul qilingan sana va joy;
(32424-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-716-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)
3) ajrim qabul qilingan ish;
4) kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
5) shikoyat berilgan (protest keltirilgan) sud hujjatlari mazmuni;
6) sudning kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan xulosalari va sud amal qilgan qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlariga havolalar.
Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi sudya tomonidan imzolanadi.
Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi qabul qilingan kundan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.
32425-modda. Ishni kassatsiya instansiyasi sudida takroran ko‘rish
Kassatsiya instansiyasi sudi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori yoki ularning o‘rinbosarlari kiritgan protestga ko‘ra kassatsiya tartibida takroran ko‘radi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish haqidagi protest kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi chiqarilgan kundan e’tiboran olti oylik muddatda keltirilishi mumkin.
Kassatsiya instansiyasi sudida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni takroran ko‘rish ushbu paragrafda nazarda tutilgan qoidalarga rioya etilgan holda, mazkur ishni ko‘rishda ilgari ishtirok etmagan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining uch nafar sudyasidan iborat tarkibda amalga oshiriladi.
Kassatsiya instansiyasi sudi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni takroran ko‘rish chog‘ida ushbu Kodeksning 32422-moddasida ko‘rsatilgan qarorlardan birini qabul qilishga, shu jumladan kassatsiya instansiyasi sudining ilgari qabul qilingan ajrimini bekor qilishga yoki o‘zgartirishga haqli.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling