Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


Download 0.5 Mb.
bet266/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

3135-modda. Sud qarori
Sud qarorining kirish qismida:
qaror chiqarilgan vaqt va joy;
qaror chiqargan sudning nomi, sudyaning, sud majlisi kotibining, taraflarning, agar ishda ishtirok etayotgan bo‘lsa, tarjimonning ismi, otasining ismi va familiyasi;
huquqbuzarning ismi, otasining ismi va familiyasi, tug‘ilgan yili, oyi, kuni va joyi, yashash joyi, ish joyi, mashg‘ulotining turi, ma’lumoti va ish uchun ahamiyatga molik boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Sud qarorining tavsif-asoslash qismida yarashuv uchun asos bo‘lgan holatlar bayon etiladi, ushbu Kodeksning 3134-moddasida sanab o‘tilgan masalalarga javoblar ifodalanadi.
Qarorning qaror qismida sud quyidagi masalalarni hal etadi:
ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi ishni taraflarning yarashuvi munosabati bilan yoki ushbu Kodeksning 310-moddasida ko‘rsatilgan boshqa asoslar bo‘yicha tugatish haqidagi, ma’muriy jazoning qo‘llanilishi to‘g‘risida yoxud uni ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi bayonnomani rasmiylashtirgan yoki ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni qo‘zg‘atgan organga yuborish haqidagi;
ashyoviy dalillar to‘g‘risidagi;
zararning o‘rnini qoplash haqidagi.
Sudning qaroriga huquqbuzar, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat tomonidan shikoyat berilishi hamda prokuror tomonidan protest keltirilishi mumkin.
(XXIII1-bob O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 4-oktabrdagi O‘RQ-720-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2021-y., 03/21/720/0930-son)
Oldingi tahrirga qarang.
XXIV BOB. MA’MURIY HUQUQBUZARLIK TO‘G‘RISIDAGI ISh YuZASIDAN QAROR (AJRIM) USTIDAN ShIKOYAT BERISh VA PROTEST BILDIRISh
(XXIV bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-665-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/665/0015-son)
314-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shikoyat berish huquqi
Oldingi tahrirga qarang.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror ustidan o‘ziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari va advokat tomonidan, shuningdek ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan organ tomonidan shikoyat berilishi mumkin.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha sudning qarori ustidan shikoyat berish ushbu Kodeksning XXIVbobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(314-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-665-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/665/0015-son)

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling