312-modda. Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qarorni korxona, muassasa, tashkilot va mansabdor shaxslar e’tiboriga yetkazish
Ushbu Kodeksning 61, 131, 140, 183, 187, 233, 237-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) huquqbuzarga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanish haqida chiqarilgan qarorni shu huquqbuzar ishlab yoki o‘qib turgan joydagi ma’muriyat e’tiboriga yetkazadi.
Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) qabul qilingan qaror to‘g‘risida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan mansabdor shaxsning e’tiboriga yetkazadi.
313-modda. Ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etish sabablari va ularga olib kelgan shart-sharoitni bartaraf etish to‘g‘risidagi taqdimnoma
Ishni ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etish sabablari va ularga olib kelgan shart-sharoitlarni aniqlaganda bu sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf qilish yuzasidan choralar ko‘rish to‘g‘risidagi taqdimnomani tegishli korxona, muassasa, tashkilot rahbariga kiritadi. Rahbar taqdim kelib tushgan kundan boshlab bir oy ichida uni kiritgan organga (mansabdor shaxsga) ko‘rilgan choralar haqida ma’lum qilishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 35-son “Sudlar tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishni tartibga soluvchi qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi Qarorining 13-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
XXIII1 bob. YaRAShUV TO‘G‘RISIDAGI IShLAR BO‘YIChA ISh YuRITISh
3131-modda. Yarashilganligi munosabati bilan ko‘rib chiqiladigan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar
Yarashilganligi munosabati bilan ushbu Kodeksning 212-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |