Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


-bob. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida davolash-sog‘lomlashtirish jarayonini tashkil etish


Download 163.3 Kb.
bet28/45
Sana07.04.2023
Hajmi163.3 Kb.
#1339368
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   45
Bog'liq
“Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid

6-bob. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida davolash-sog‘lomlashtirish jarayonini tashkil etish
33. Bolalarni sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan davolash-sog‘lomlashtirish, reabilitatsiya, sanitariya-gigiyena va profilaktika chora-tadbirlari ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining shtatdagi tibbiyot va pedagog xodimlari hamda ta’lim muassasasiga biriktirilgan sog‘liqni saqlash muassasasining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tomonidan muassasaga qabul qilingan bolalarning 3 yil davomida to‘liq sog‘lomlashtirilishi ta’minlanadi.
34. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi tibbiyot xodimlari kasallikning qaytalanishi holatlari (retsidivlari), hamroh kasalliklar profilaktikasiga va bolalar sog‘lig‘ini yaxshilashga qaratilgan davolash-sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya chora-tadbirlarini amalga oshiradi. Tibbiyot xodimlari o‘z ishlarida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli normativ-huquqiy hujjatlariga amal qilishadi.
35. Davolash jismoniy tarbiya mashqlari davolash jismoniy tarbiya instruktori yoki tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan o‘qituvchi tomonidan o‘tkaziladi.
36. Davolash kurslari bilan belgilangan tibbiy sog‘lomlashtirish muolajalari har bir bola uchun mashg‘ulotlar jadvali bilan muvofiqlashtirilgan holda individual ravishda rejalashtiriladi.
37. Davolash davrida bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida tibbiyot xodimlari ishga layoqati past bolalarga hafta davomida qo‘shimcha dam olish kunlari berish orqali ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish tartibiga amal qilishni, shuningdek, haftaning bir kunini ochiq havoda, jismoniy mashqlar, sport tadbirlari hamda sayr qilishga tavsiya etishi mumkin.
38. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida har bir bola uchun tibbiy karta yuritiladi, bolaning muassasada bo‘lish muddati tugagach, ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga undan ko‘chirma beriladi.
39. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida barcha tibbiy-sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya chora-tadbirlarining to‘g‘ri tashkil etilishi hamda amalga oshirilishini nazorat qilish ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi joylashgan hududdagi sog‘liqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi.
40. Sog‘liqni saqlash organlari tomonidan ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga uning tibbiyot xodimlari shtatini to‘ldirishda, tibbiyot xodimlari malakasini oshirishda, maslahat yordami ko‘rsatish va davolash-sog‘lomlashtirish ishlarining zamonaviy metodlarini joriy etishga malakali mutaxassislarni jalb etishda yordam ko‘rsatiladi.

Download 163.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling