9-bob. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining mol-mulki va moliya-xo‘jalik faoliyati
51. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi faoliyatini moliyalashtirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagilar hisobiga amalga oshiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
jismoniy va yuridik shaxslarning xayr-ehsonlari va maqsadli badallari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
52. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tegishli moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetalari asosida moliyalashtiriladi.
53. Shtatlar jadvali qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda namunaviy shtatlarga muvofiq tasdiqlanadi.
54. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi ishchi-xodimlarining ish haqi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
55. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘quvchilari ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari uchun oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishning o‘rtacha sutkalik oqilona normalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.
56. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni ta’minlash va o‘qitish uchun o‘quvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslardan to‘lov undirilmaydi.
57. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan moliya va statistika hisobotlarini yuritadi.
58. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
59. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq ta’lim masalalari bo‘yicha xalqaro faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega.
60. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
61. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini qayta tashkil etish yoki tugatish, qoidaga ko‘ra, o‘quv yili tugagach amalga oshiriladi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bilan kelishgan holda o‘quvchilarni boshqa ta’lim muassasalariga o‘tkazish mas’uliyatini o‘z zimmasiga oladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qaroriga
4-ILOVA
Do'stlaringiz bilan baham: |